Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tezkor tadbirda fuqaro O.R. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, Kosonsoy tumani Yoshlik massividagi 0,50 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ishlab chiqarishda foydalanish uchun ajratib berish hamda kelgusida bino inshootlar qurishda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 20 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 15 000 AQSh dollari va 48 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)