Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish endi AQSh bilan muzokaralar mavzusi emas. Bu haqda Shimoliy Koreyaning BMTdagi elchisi Kim Song ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Uning aytishicha, Vashington intilayotgan muloqot ichki siyosiy maqsadlarga erishish uchun vaqtni tejash imkonini beruvchi xiyla va 2020-yilda o‘tkaziladigan AQSh prezidentligiga saylovlarga taalluqli.
“Bizga AQSh bilan uzoq muddatli muzokaralar kerak emas, yadroviy qurolsizlanish esa endi muzokaralar stolida muhokama qilinmaydi”, — deydi Kim Song.
Oldinroq KXDR tashqi ishlar vazirligi AQShni “dushmanlik siyosatini o‘zgartirish va Rojdestvoga qanday sovg‘a olish borasida bir qarorga kelish”ga chaqirgandi.
Bunga javoban AQSh prezidenti Donald Tramp bunday do‘stona bo‘lmagan bayonotlardan taajjublangani va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uning saylovoldi dasturiga aralashmasligiga ishonishini bildirdi.
Izoh (0)