Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining markaziy o‘yinida 6-dekabr, juma kuni Antonio Konte boshqaruvidagi Milanning “Inter” jamoasi “Juzeppe Meatssa”da Paulu Fonseka qo‘l ostidagi Rimning “Roma” klubi bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuv davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0).
Ma’lumot uchun, “neradzurrilar” 38 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Roma” esa 29 ochko bilan 4-pog‘onani egallab turibdi.
A Seriya
15-tur bahsi
6-dekabr, juma
“Inter”—“Roma” 0:0
“Inter”:Handanovich, Godin, Shkrinyar, de Vrey, Biragi (D’Ambrozio, 88), Brozovich, Valero (Asamoa, 72), Vesino, Kandreva (Lazaro, 45), Martines, Lukaku“Roma”: Mirante, Smolling, Manchini, Kolarov, Santon (Spinatssola, 16), Pellegrini, Mxitaryan (Florensi, 89), Zaniolo, Veretu, Perotti (Jeko, 68), Diavara
Ogohlantirishlar: Godin (61), Lazaro (62), Manchini (77), Brozovich (81)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)