Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistondagi maktablarda ob-havo sharoitidan kelib chiqib, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos klassik ko‘rinishdagi shim kiyishga ruxsat beriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Xabar berilishicha, ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida maktablardagi ba’zi ota-onalar qiz farzandlarini ta’lim muassasasiga shim kiyib kelishiga ruxsat berish bo‘yicha murojaat bilan chiqqan.

Vazirlik vakilining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandiga muvofiq ob-havo sharoitidan kelib chiqib, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos klassik ko‘rinishdagi shim kiyishga ruxsat berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi