Toshkent viloyatida begona uyga adashib kirib qolgan ruhiy hasta erkak xonadon egasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 15-noyabr kuni soat 00:30 larda Quyi Chirchiq tumani, Ulug‘vol ko‘chasida yuz bergan. Muqaddam sudlangan 30 yoshli ruhiy kasal S.N. begona xonadonga adashib kirib qolgan. So‘ng xonadon egasi 54 yoshli M.Yu. bilan janjallashib, uni oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan shu kuni S.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)