Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida yashovchi X.X. ismli nafaqa yoshidagi fuqaro o‘qotar qurol sotayotganida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan voqea joyida qo‘lga olindi.
“Postda.uz”ning xabar berishicha, ashyoviy dalil tariqasida olingan o‘qotar qurol ballistik ekspertizadan o‘tkazilganida, u “Makarov” to‘pponchasi ekanligi va ishlatishga yaroqliligi, jangovar holatdaligi aniqlangan. Shuningdek, sotilayotgan to‘pponchaning bir dona jangovar patroni ham ham bo‘lgan.
Mazkur voqeadan so‘ng ushbu fuqaro yashayotgan xonadonda yana boshqa qurol saqlanayotgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinib, uning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida ko‘p miqdorda giyohvand moddalar borligi aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)