AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi viza olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga ayrim muhim ma’lumotlarni eslatib o‘tdi.
“AQSh vizasiga to‘lanadigan ma’muriy to‘lov faqatgina AQSh dollarida qaytim talab qilmaydigan kupyuralarda qabul qilinadi.
Elchixona AQSh dollarining holati bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatgan. Kir, zarar yetkazilgan, yirtilgan, chizilgan, muhrlangan va 1997-yildan avval muomalaga chiqarilgan kupyuralarni to‘lov uchun qabul qilmaydi.To‘lov talablariga rioya qilmagan murojaatchilar suhbatga kiritilmasligi mumkin va keyingi kunga takroran suhbatga yozilishlari kerak bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)