MMA bo‘yicha Toshkent mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmonlari — sobiq bokschi Roy Jons va MMA yulduzi Jeff Monson 22-noyabr, juma tongida O‘zbekistonga yetib keldi.
Mazkur ikki sportchi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Avvalroq 23-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan GFC 20 musobaqasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadigan rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov ham O‘zbekiston poytaxtiga yetib kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, Roy Jons avvalroq Otabek Umarovni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylangani bilan tabriklagan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)