Boks bo‘yicha yarimo‘rta vaznda sobiq Jahon chempioni Roy Jons MMA bo‘yicha Toshkent mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni sifatida ishtirok etadi.
Afsonaviy bokschi 22-noyabr, juma kuni tonggi 04:45 da Toshkentga yetib keladi. Bu haqda “Daryo”ning manbalari xabar qilmoqda.
Avvalroq 22-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan GFC 20 musobaqasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadigan rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov ham O‘zbekiston poytaxtiga yetib kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, Roy Jons avvalroq Otabek Umarovni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylangani bilan tabriklagan edi.
Kichik Roy Jons professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)