14-noyabr kuni soat 17:00 da “Paxtakor” stadionida Jahon chempionati—2022 saralash bosqichining navbatdagi o‘yini — O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahar IIBB futbol o‘yinini stadiondan tomosha qilishni rejalashtirgan fuqarolarga murojaat qildi.
“Stadionga kelishni rejalashtirayotgan futbol muxlislaridan avtomobillarini “Paxtakor” stadioni atrofidagi yo‘llar chetida emas (Islom Karimov, Olmazor va Navoiy ko‘chalari), balki “Humo Arena” muz kompleksining avtoturargohida qoldirishlarini so‘raymiz.
Sport tadbiriga ilgariroq kelib, futbol muxlislari uchun maxsus ajratilgan avtoturargohdan mashinangizga joy egallab olishingizni yoki taksi va jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)