Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ayni damda JCh—2022 musobaqasi ikkinchi saralash bosqichi 5-turi doirasida Toshkentda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bormoqda.
Uchrashuvda hisobni 16-daqiqada Eldor Shomurodov ochdi. Ikrom Aliboyevning saudiyalik himoyachiga bosimidan so‘ng to‘p Eldorga kelib tushdi. Eldor esa raqib darvozabonini dog‘da qoldirishga erishdi.
23-daqiqaga kelib saudiyaliklar penaltidan hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi — Salmon al-Faraj. Penaltiga esa Rustam Ashurmatovning jarima maydonchasi ichida raqibiga qarshi qo‘pol o‘ynagani sabab bo‘ldi.
Birinchi bo‘lim tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
Izoh (0)