O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida 6-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:56 zilzila yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila magnitudasi 3,8 ballni tashkil qilgan va u 29 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Zilzila markazi Toshkentdan 115 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Yer silkinishi O‘zbekiston hududida sezilmagan.
Avvalroq olimlar zilzilani 5 kun oldin aniqlash yo‘lini topgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)