Hukumat qarori bilan 2019—2022-yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur dasturda elektrotexnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar ishlab chiqarish hajmini, eksport hajmini hamda elektrotexnika sanoatida mis xomashyosini qayta ishlash hajmlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Shuningdek, qaror bilan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni 2,7 baravarga, eksportini 4,3 baravarga va misni qayta ishlashni 5 baravarga ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Izoh (0)