Farg‘ona va Namangan viloyatlarida Milliy gvardiya Markaziy devoni ofitserlari rahbarligida “Bo‘linmalarning jangovar shayligini yuqori darajaga keltirish, terroristik-qo‘poruvchilik harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish, garovga olinganlarni ozod etish hamda portlovchi vositalarni zararsizlantirish va tozalash” maxsus-taktik mashqi o‘tkazildi.
Mashg‘ulot Namangan shahrida joylashgan sobiq noto‘qimachi ishlab chiqarish korxonasining ko‘p qavatli binosida – Davlat xavfsizlik xizmatining bo‘linmalari, Namangan shahar IIO FMB jangovar guruhlari shaxsiy tarkibi va Favqulodda vaziyatlar quyi tizimiga kiruvchi xizmatlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Izoh (0)