Belarus bosh vaziri Sergey Rumas Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Hukumat rahbarlari kengashining 2-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan majlisida yadroviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha muntazam uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi. “Gazeta.uz”ning qayd etishicha, Belarus ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega.
“ShHT doirasida atom energetikasi va yadroviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha muntazam uchrashuvlar, yig‘ilishlar o‘tkazish mexanimlarini ishlab chiqish vaqti keldi”, — dedi Sergey Rumas.
Uning ta’kidlashicha, Belarus yadroviy xavfsizlikni mustahkamlash va atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalari bo‘yicha hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya 2019-yil oxirigacha atom elektrostansiyasini qurish bo‘yicha asosiy shartnomani imzolashi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari esa 2020-yil boshida boshlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)