• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: “Asosiy vazifamiz — xalqimizga munosib ish o‘rinlari yaratgan holda daromadlarni oshirish”

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr, payshanba kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-budjet siyosati, davlat budjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2018-yilning 22-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

    Mazkur qarorga muvofiq, budjet ma’lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida budjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning yangi tartibi belgilangan.

    Ushbu tizimga ko‘ra, 2020-yildan boshlab davlat budjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Parlamentga taqdim etiladigan Budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasida va budjetnomada aholi va tashqi hamkorlarga mamlakat budjetining holati ochiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ko‘rsatiladi.

    Respublika budjeti borasidagi normativ hujjatlar Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. Idoralar mustaqilligini oshirish bilan birga, xarajatlarning samarasi uchun mas’uliyati ham kuchaytirilmoqda.

    Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir o‘ziga xos jihati — markazlashgan budjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy budjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy budjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq hududlarda qoldiriladi.

    2020-yildan boshlab mahalliy budjetlarning qo‘shimcha daromadlari kengashlar tomonidan ma’qullangan yo‘nalishlarga ajratiladi. Faqat kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlargina hokimliklar tomonidan tasdiqlanishi va keyinchalik ularning to‘g‘ri sarflangani haqida kengashlar oldida hisobot berilishi lozim.

    Yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, kelgusi yilga mo‘ljallanayotgan prognoz parametrlari, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilindi.

    Xalqaro ekspertlar, xususan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi joriy yilda jahon yalpi mahsuloti o‘sishi dastlabki prognozga nisbatan 1 foizgacha kamayib, 3 foiz bo‘lishini baholagan. Mamlakatning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy sur’atlar sustlashgan. Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib, ayrim davlatlar o‘rtasida “iqtisodiy urushlar” davom etmoqda. Bu omillar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir etmay qolmaydi, albatta.

    Prezident makroiqtisodiyot va davlat budjeti parametrlarini ushbu xavf-xatarlarni hisobga olib belgilash lozimligini ta’kidladi.

    “Iqtisodiyot tarmoqlarini ‘oyoqqa turg‘azish’, raqobatbardosh qilish uchun keyingi ikki yilda ularga barcha imkoniyatlar berildi. Biroq, bu imkoniyatlardan foydalanib, qaysi tarmoq mehnat unumdorligini oshirdi, mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lishi va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi ko‘payishini ta’minlay oldi? Afsuski, birorta tarmoqni bugungi kunda ‘zo‘r ishladi yoki yuqori natija berdi’, deb ayta olmaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tizimli muammolar, inflyatsiya darajasining 16 foizdan pasaymagani aholi to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir etayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

    “Asosiy vazifamiz — xalqimizga munosib ish o‘rinlari yaratgan holda, daromadlarni oshirish. Joylarda iqtisodiy faol aholi ko‘p. Odamlarimiz daromad topib, turmush sharoitini yaxshilash uchun mehnat qilishni xohlamoqda. Buning uchun aholi to‘lov qobiliyatini oshirish va bozorda mahsulotlarga barqaror talab shakllantirish orqali ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashimiz kerak”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

    Misol uchun, qandolat, tayyor sut va go‘sht mahsulotlari, sharbat va salqin ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha 100 dan ziyod muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida iste’mol talabi qondirilib, inflyatsiya me’yorlashishi mumkinligi qayd etildi.

    Oziq-ovqat, go‘sht, un va qandolat mahsulotlari, kiyim-kechak, charm-poyabzal, elektrotexnika, farmatsevtika ishlab chiqarish hajmini 2020-yilda sezilarli ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Inflyatsiya darajasiga ta’sir etayotgan yana bir omil mahsulotlar tannarxi yuqoriligidir. Shu bois mutasaddilarga davlat ulushi bo‘lgan barcha korxonalarda mahsulot tannarxini tahlil qilib, quvvatlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, zarur hollarda xususiy sektorga berish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

    Kelgusi yilda 153 ta yirik investitsiya loyihasini shunchaki foydalanishga topshirish emas, balki raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib, yalpi ichki mahsulot hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

    Oxirgi yillarda tashkil etilgan 23 ta korxona past quvvatlarda ishlayotgani, rejalashtirilgan ayrim loyihalar o‘z vaqtida faoliyat boshlamagani tanqid qilindi.

    Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiy o‘sish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan, budjetga tushumlarni ko‘paytiradigan investitsiya loyihalarini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan doimiy Ishchi komissiya tuzish, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ijrosini muhokama qilib borish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Asosiy vazifamiz — xalqimizga munosib ish o‘rinlari yaratgan holda daromadlarni oshirish”

    31.10.2019, 18:02   Izoh (0)   11540
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xususiy notariuslarga litsenziya berish tartibi ma’lum bo‘ldi

    31.10.2019, 17:15

    Jizzaxda nosoz Gentra avtosalon tomonidan o‘z vaqtida ta’mirlab berilmagani uchun xaridorga avtomobil puli to‘liq qaytarildi

    31.10.2019, 16:51

    Rossiyadan deportatsiya qilingan 2 o‘zbekistonlik samolyot hojatxonasida tamaki chekkani uchun reysdan chetlatildi

    31.10.2019, 16:36

    Farg‘ona viloyatining Qo‘qon va Tojikistonning Shaydon shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    31.10.2019, 16:20

    Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashuvi inson o‘limi bilan yakunlandi

    31.10.2019, 16:05

    Samarqandda yetim bola kaltaklandi (video)

    31.10.2019, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.