27-oktabr, yakshanba kuni Xorazm viloyatining Shovot tumani “Shovot” chegara bojxona postida 1940-yilda tug‘ilgan turkmanistonlik K.D. vafot etdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, post orqali O‘zbekistondan Turkmanistonga chiqib ketayotgan turkmanistonlikning sog‘lig‘i birdaniga yomonlashgan va to‘satdan vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasida u yurak xurujidan vafot etganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura idoralari olib bormoqda.
Izoh (0)