• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshidagi institut talabalarining 105 nafari kursdan qoldirildi. Sobiq talabalar o‘qituvchini shaxsiy adovatda ayblamoqda

    Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining bir guruh talabalari “Daryo”ga murojaat yo‘llab, adolatsizliklar qurboni bo‘lishayotgani va 160 nafar talaba o‘qituvchining shaxsiy adovati sabab kursdan qoldirilganidan nolishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Murojaat mualliflarining ta’kidlashicha, kursdan qoldirilgan talabalarning ayrimlari 500, 800 va hatto 1000 dollargacha pul berib, ishini hal qilmoqda.

    Institutda bo‘lib vaziyatni o‘rgangan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning yozishicha, kursdan qoldirilgan talabalar 160 nafar emas, 105 nafar kishini tashkil etadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Kursdan qoldirilishimizning sababi ko‘p dars qoldirganimiz ekan, — deydi sobiq talabalardan biri Ma’mur Tilovov. — Bizga o‘tilgan fanlarni o‘zlashtirolmagansizlar deyishyapti-yu, ammo asosiy sabab dars qoldirganimiz ekan.

    Ma’mur Tilovovning aytishicha, u bir semestr davomida 90 soat dars qoldirgan bo‘lib, 9 ta fandan akademik qarzdorligi mavjud.

    — 105 nafar talaba ko‘p dars qoldirgani uchun emas, o‘tilgan fanlarni o‘zlashtirolmagani bois kursdan qoldirildi, — deydi institut axborot xizmati rahbari Zebiniso Nazirova. — Aksariyat talabalar semestr davomida hech qaysi fanidan o‘tolmagan.

    — Agar talabaning kursdan qoldirilishiga ko‘p darslarga kelmagani sabab bo‘lsa, 105 nafar talaba allaqachon kursdan qolib ketgan bo‘lardi, — deydi foydali qazilma konlari geologiyasi va razvedkasi kafedrasi mudiri Zafar Sunnatov.

    Ma’lum qilinishicha, kursdan qoldirilgan 105 nafar talabaning 42 nafari Ulug‘bek Panjiyev rahbarligidagi “Neft-gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” fakulteti talabasi hisoblanadi.Zafar Sunnatovning ma’lumot berishicha, talaba bir semestr davomida 74 soatdan ko‘p dars qoldirsa, bu uni o‘qishdan chetlashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kursdan qoldirilgan talabalar Telegaram ijtimoiy tarmog‘ida “Adolat bo‘lsin” deb nomlangan kanal ochib, kafedra mudiri Zafar Sunnatovni yozgi semestrdagi imtihon natijalarini adolatsiz baholagani va shaxsiy adovati tufayli 160 nafar talabani nohaq kursdan qoldirganidan shikoyat qiladi.

    — Talabalarga qattiqqo‘l bo‘lishimiz tabiiy, — deydi Zafar Sunnatov. — Qilmishi uchun jazolamasak, uning noto‘g‘ri xatti-harakatiga jim qarab tursak, bu xato bo‘ladi. Talabalarimiz orasida hatto guruh jurnalini o‘g‘irlab, yo‘q qilib yuborganlari ham topildi. Shu boisdan koyidik, urishdik. To‘g‘ri yo‘lga solishga urindik. Mana shu qattiqqo‘llimizni shaxsiy adovat sifatida baholashsa, unda xato qilishadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Zafar Sunnatov mazkur fakultetdagi kursdan qoldirilgan 42 nafar talaba bilan hech qachon shaxsiy masalada muloqotga kirishmaganini aytmoqda.

    — Kursdan qoldirilgan talabalar bilan shaxsiy masala yuzasidan yoki darsdan tashqari mavzuda umuman muloqot qilmaganman, qanday qilib ularga shaxsiy adovatim bo‘lishi mumkin, — deydi Zafar Sunnatov. — Xo‘p, shaxsiy adovatim bo‘lgan taqdirda ham 42 nafar talabaning barchasiga bo‘lmas.

    “Neft-gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi” fakulteti dekani Ulug‘bek Panjiyevning ma’lumot berishicha, fakultetdagi 42 nafar talabaning kursdan qoldirilishi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20- iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan.

    Ulug‘bek Panjiyev.Foto: “Daryo”

    Ulug‘bek Panjiyev.Foto: “Daryo”

    Institut mas’ullarining aytishicha, kursdan qoldirilgan 105 nafar talabaga 3 marta imkon berilgan.

    — Birinchi imkoniyat — ular 74 soatdan ko‘p dars qoldirishsa-da, talabalar safidan chiqarishga shoshilmadik, — deydi Ulug‘bek Panjiyev. — 100-130 soatlab dars qoldirganlariga “aqli kirar” deb jim turdik. Ikkinchi imkoniyat sifatida sentyabr oyining oxiriga qadar qarzdorligi mavjud fanlaridan qayta topshirishga ruxsat berdik. Bu ham yetmaganidek, rektorimiz rahbarligida yana qayta imtihon oldik. Imtihonga kirgan 8 nafar talaba “savolga tushunmadik, javob berolmaymiz” deb yozib chiqib ketishdi. Talaba hatto savolni tushunishga ham ojizlik qildi.

    Ma’lum qilinishicha, kursdan qoldirilgan talabalar dastlab institutda tahsil oluvchi bloger Kapitan Karimovga (Umid Karimov) murojaat qilgan va huquqlarini himoya qilishini so‘ragan. Bloger aralashuvi bois rektor qayta imtihon topshirish xohishini bildirgan 8 nafar talabadan o‘zi boshchiligida imtihon oladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Savollar o‘ta murakkab ekan, — deydi kursdan qoldirilgan talabalar “Daryo” muxbiri bilan suhbat davomida. — To‘g‘ri, o‘tilgan mavzulardan tushdi savollar. Ammo juda qiyin tuzilgan ekan-da. Bu savollarga o‘qituvchilarimiz ham qiynalib javob berardi.

    Zafar Sunnatovning qo‘shimcha qilishicha, institut talabalari umuman o‘qimay qo‘ygan.

    — Institutni tamomlagan talabalarimiz ishga joylashish uchun korxona va tashkilotlarga, zavodlarga suhbatga borganda oddiy savolga ham javob berolmaydi. O‘sha payt uyalib ketamiz, — deydi Zafar Sunnatov. — Bilimi yo‘q, uquvsiz talabani savlati uchun o‘qitish yaramaydi. O‘qishni istamaydimi, unday talabalarga saboq berish uchun kursdan qoldirish kerak. Toki o‘sha kursni o‘zlashtirmaguncha.

    Zafar Sunnatov. Foto: “Daryo”

    Zafar Sunnatov. Foto: “Daryo”

    Zafar Sunnatovning ma’lum qilishicha, 2018-yili viloyatdagi nufuzli zavodlardan biriga ishga kirish ishtiyoqida borgan 200 nafar talabaning atigi 2 nafari suhbatdan o‘tolgan va ishga joylashgan.Kursdan qoldirilgan sobiq talabalar bilan o‘qigan kursdoshlarining fikricha, ushbu vaziyatda institut rahbariyati haq.

    — Talabadan faqat va faqat o‘qish talab etiladi, — deydi Kibriyo Mengliyeva. — Kursdan qoldirilgan kursdoshlarimiz orasida yaxshi o‘qishga harakat qiladiganlari ham bor edi. Ammo qonun va belgilangan tartib barcha uchun birdek. Institut rahbariyati ham talabni bajarayapti.

    Fakultet o‘qituvchilarining aytishicha, fakultetda kursdan qoldirilgan 42 nafar talabaning aybini afv etishni so‘rab, hokimligu, viloyat prokuraturasidan qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan.

    Tasodifni qarangki, ushbu voqeadan so‘ng fakultetda viloyat prokuraturasi talabi bilan mutaxassislar jalb qilinib, tekshiruv boshlangan. Viloyat prokuraturasidagilar bu tekshiruvning voqeaga aloqasi yo‘qligini aytmoqda.

    — Mazkur tekshiruvning ushbu voqeaga bog‘liq joyi yo‘q, — deydi viloyat prokuraturasi axborot xizmati. — Bu yillik rejamizga kiritilgan bo‘lib, vaqti shu voqeaga to‘g‘ri kelib qolgan, xolos.Kursdan qoldirilgan talabalar “Daryo” muxbiri hamda fakultet mas’ullari bilan suhbati davomida ayblarini tan olib, mas’ullardan yordam berishlarini so‘radi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bizga imkon berishsin, xatomizni angladik, — deydi sobiq talabalar. - To‘g‘ri, tartib, Nizom bizni kursdan qoldirishni taqozo etar ekan. Buni tushundik. Biroq, bizning ijtimoiy ahvolimizni ham hisobga olishsin. Grant asosida o‘qiyotganlar kontraktga tushib qolishi yomon-da.

    Institut axborot xizmatiga ko‘ra, kursdan qoldirilgan 105 nafar talaba institutdagi mavjud 6 ta fakultetning 5 tasida tahsil oladi. Iqtisodiyot fakultetida kursdan qoldirilgan talabalar yo‘q.

    Kursdan qoldirilgan talabalar taqdirini o‘rganar chog‘i, sobiq talabalar muallifligida ochilgan Telegram kanalini kuzatib, talabalarning kimgadir achchiq qilayotgani, zardasini sezgandek bo‘ldik. Haqqini talab qilib chiqish yaxshi, ammo o‘z hayotidagi xatoliklar sabab ta’lim bergan ustozlar sha’niga yarashmaydigan so‘z yozish, o‘zgalarga achchiq qilib, terroristik guruhlarga qo‘shilib ketishni sha’ma qilish qanchalik to‘g‘ri?

    27.10.2019, 15:09   Izoh (0)   31366
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rishtonda Tojikiston hukumati hisobidan 200 o‘rinli bog‘cha qurilmoqda

    27.10.2019, 14:50

    Olmazor tumanida yuz bergan YTH oqibatida 19 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

    27.10.2019, 13:49

    Toshkentda moto-mavsumning yopilishiga bag‘ishlangan shou o‘tkazildi (foto)

    27.10.2019, 13:07

    Toshkentda 3 ayolni aldagan erkak 5 yilga qamaldi. U ayollardan biriga uylanishga, 2 nafarini kelin qilishga va’da bergan

    27.10.2019, 12:47

    Foto: Toshkent ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan retro-avtomobillar va motosikllar “karvoni”

    27.10.2019, 12:06

    Qoraqalpog‘iston paxtakorlari Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan keyin uchinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi

    27.10.2019, 11:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
    Audio Icon

    Otib ketilgan yoki zaharlangan – XXI asrda Rossiyada shubhali tarzda halok bo‘lgan yoki o‘ldirilgan taniqli shaxslar

    13 avgust, 11:35

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Davlat idoralari xodimlari uchun natija emas, ochko olish muhim bo‘lib qoldi” — Ozodbek Nazarbekov

    O‘zbekiston | 13 avgust, 12:38

    AQSH davlat qarzi 37 trln dollardan oshib, tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 13 avgust, 12:29

    “Soxta daʼvatchilar yoshlarni oilasi va vatanidan judo qilmoqda” — muftiy hozir hijrat qilish mantiqsiz ekanini aytdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 12:20

    “Tolibon” ayollarning burqasiz ko‘chaga chiqishini taqiqladi

    Dunyo | 13 avgust, 12:10

    Andijon aeroportida xalqaro reyslarni qabul qilish tiklandi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 12:04

    Meksika kartellarga aloqador 26 nafar mahbusni AQSHga ekstraditsiya qildi

    Dunyo | 13 avgust, 11:48

    “Real Madrid” La Liga doirasidagi “Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvi AQSHda o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

    Sport | 13 avgust, 11:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.