24-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Unda vazirlik rahbari Abdulaziz Komilov Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — matbuot kotibi, vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Adilbek Kaipbergenov tayinlanganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, taniqli qoraqalpoq yozuvchisi Tulepbergen Kaipbergenovning o‘g‘li Adilbek Kaipbergenov 2011-yil aprelidan beri TIV matbuot xizmati rahbari hisoblanadi. U turli yillarda “Pravda” (Moskva) gazetasining O‘zbekiston bo‘yicha muxbiri, “Narodnoye slovo” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot kotibi lavozimlarida ham ishlagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyidagi qaroriga muvofiq, davlat tashkilotlari va idoralarining axborot xizmatlari rahbarlari bir vaqtning o‘zida rahbarning matbuot kotibi hisoblanadi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ladi va maqomi rahbar o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Izoh (0)