Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) rahbariyati hamda jamoada xizmat qilayotgan xodimlar 25-oktabr — Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan dalalarda paxta terayotgan mehnatkashlarga yaqindan yordam berdi.
Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, terimda ishtirok etayotgan faol terimchilarga IIB YHXB rahbariyati tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirilgan. Shuningdek, ular uchun dasturxon yozilib, san’atkorlar ishtirokida konsert uyushtirilgan.
“Bu kabi tadbirlar terimchilarimizni ilhomlantirib, kelgusida yanada g‘ayrat bilan mehnat qilishga undaydi. Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda”, — deyiladi viloyat IIB YHXB axborotida.
Izoh (0)