• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kosonda 2 nafar shifokor mas’uliyatsizlik sabab ishdan bo‘shatildi

    Kosonlik Fazilat Normurodovaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaati Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov xabar bermoqda.

    Koson tuman tug‘ruq kompleksi

    Koson tuman tug‘ruq kompleksi
    Foto: Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati

    Koson tug‘ruq kompleksining tug‘ruq bo‘limi 2019-yil 1-oktabrdan 20-oktabrgacha yillik joriy ta’mirlash uchun reja asosida yopilgan. Shu sababli tug‘ruq kompleksi ginekologiya bo‘limida tug‘ruq zali tashkil etilib, fiziologik tug‘ruqlar olib borilgan. Bu haqda tuman va viloyat tibbiyot tashkilotlariga xabar qilingan.

    2019-yil 14-oktabr kuni murojaat mualliflaridan biri Fazilat Normurodovaning kelini Gulchiroy Qayumova Koson tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksiga keltirilgan. Unga homiladorlik II, tug‘ruq II, 40 hafta muddatdagi tug‘ruq tashxisi qo‘yilgan.

    Ayol 2019-yil 14-oktabr kuni soat 12:05 da ginekologiya bo‘limidagi tashkillashtirilgan tug‘ruq zalida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Chaqaloqning vazni 3,6 kilogrammni, bo‘yi 54 santimetrni tashkil qilgan. Shu kuni soat 17:10 da shifokorlarning qarshiligiga qaramasdan, chaqaloqning yaqinlari gepovaks vaksinasini oldirmasdan turib, uni uyga olib ketgan. Bu vaqtda chaqaloqning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lgan.

    Chaqaloq 15-oktabr kuni rejali ravishda olinishi kerak bo‘lgan gepovaks vaksinasini olish uchun tug‘ruq kompleksiga olib kelingan. Kelganida neonatolog shifokor, chaqaloqlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Hasanova tomonidan ko‘rilib, umumiy ahvoli yaxshiligi va vaksina olishga qarshi ko‘rsatmalari bo‘lmaganligi uchun vaksinatsiyaga ruxsat berilgan, asoratlari tushuntirilgan va emlash amalga oshirilgan. Chaqaloqning umumiy ahvoli qoniqarli bo‘lgan. Onasining gapiga ko‘ra, kechasi bezovta bo‘lmagan.

    Ma’lum qilinishicha, murojaat muallifining “tug‘ruqxona binosini ta’mirlash uchun pul so‘radi” degan da’volari asossiz. Tug‘ruq kompleksi binosi mahalliy budjet hisobidan ta’mirlanmoqda.

    Tug‘ruqxonada fiziologik tug‘ruqlar uchun birlamchi dori vositalari mavjud. Gulchiroy Qayumovaga va uning chaqalog‘iga ham tug‘ruqxonada bor dori-darmonlar ishlatilgan. Hech kimdan hech qanday dori uchun pul so‘ralmagan, deyiladi boshqarma xabarida.

    16-oktabr kuni ertalab soat 10:10 da Gulchiroy Qayumovaning chaqalog‘ini buvisi Fazilat Normurodova ko‘tarib BSJ vaksinasini emlatish uchun tug‘ruq kompleksidagi emlash xonasiga olib kelgan. U emlash hamshirasi chaqaloqlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Hasanova va doya Sohiba Jo‘rayevani chaqirtirgan. Ular chaqaloqni ko‘rib, ahvoli yaxshi emasligini, rangi ko‘kimtirligini, tezda uni bolalar shifoxonasiga olib borish kerakligini aytgan. Bolaning ahvoli yaxshi bo‘lmaganligi sababli u BSJ vaksinasi bilan emlanmagan.

    Shundan so‘ng bolaning yaqinlari o‘zlarining mashinasida uni viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga o‘ta og‘ir ahvolda olib borgan. Chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, taxminan 15 daqiqadan so‘ng biologik o‘lim sodir bo‘lgan. O‘lim sababi — homila ichi infeksiyasi, sepsis, miyakomasi, miya shishi.

    Ta’kidlanishicha, chaqaloq 15-oktabr kuni kechasi bezovta bo‘lganida uni shifoxonaga olib kelish o‘rniga mahalliy qishloq tabibiga olib borilgan, buni chaqaloqning buvisi shifokorlarning yonida aytgan. Chaqaloqni o‘z vaqtida shifokorga ko‘rsatmasdan, uyida ushlab turish uning ahvoli og‘irlashishiga sabab bo‘lgan.

    Murojaatda qayd qilingan “sentabr—oktabr oylarida mazkur tug‘ruq kompleksida jami 5 nafar go‘dak o‘limi sodir bo‘ldi”, degan da’vo o‘z isbotini topmagan. Bu muddat davomida tug‘ruq kompleksida bironta ham go‘dak o‘limi qayd etilmagan.

    Koson tumani tibbiyot birlashmasining navbatdan tashqari tibbiy kengashida mazkur vaziyat atroflicha muhokama qilingan. Aniqlanishicha, tug‘ruq kompleksi chaqaloqlar bo‘limi boshlig‘i, neonatolog Dilfuza Hasanova, doya Sohiba Karimova, bosh shifokor o‘rinbosari Davlat Sultonov bu borada mas’uliyatsizlik qilgan, ya’ni chaqaloqqa gepovaks vaksinasini olmasdan turib uning uyga olib ketilishiga yo‘l qo‘ygan.

    Shu sababli Dilfuza Hasanova va Sohiba Karimova egallab turgan vazifalaridan ozod etilgan, Davlat Sultonov eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortilgan.

    24.10.2019, 22:14   Izoh (0)   21228
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi parrandachilik fermasida yuz bergan yong‘inda qariyb 8 mingta jo‘ja yonib ketdi

    24.10.2019, 21:42

    Prezident Chilonzordagi “Oriyent keramik” sanoat korxonasini borib ko‘rdi

    24.10.2019, 21:13

    “Yuksalish” harakati O‘zbekistonning OAV va internet tarmog‘idagi jamoatchilik faollari Top-30 talik ro‘yxatini tuzdi

    24.10.2019, 20:59

    Tanzila Norboyeva imperator Naruxito va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashdi (foto) 

    24.10.2019, 20:15

    FVV Xorazmdagi oilaning is gazidan zaharlanish sababini aniqladi

    24.10.2019, 19:14

    O‘zbekistonda aholi o‘limining eng asosiy sabablari oshkor qilindi

    24.10.2019, 18:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.