O‘zbekiston Oliy Majlisi senati raisi boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Senat axborot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, Tanzila Norboyeva 24-oktabr, payshanba kuni imperator Naruxito va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashgan.
“Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi tantanali marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari uni taxtga o‘tirgani bilan tabrikladi. Tomonlar O‘zbekiston—Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash istagini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ushbu tadbir doirasida senat raisi Tanzila Norboyevaning Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ham uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani, ayniqsa, O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga tashrifi oldidan o‘zaro qiziqish tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.
Senat raisining Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.
Izoh (0)