Filippinda yana 500 dan ortiq orol borligi aniqlandi
Filippin milliy kartografik boshqarmasi 21-oktabrda davlat tarkibida avval hisobga olinmagan yana 500 dan ortiq orol ham kirishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Foto: BemytravelmuseOxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Filippindagi kami orollar soni 7641 tani tashkil qiladi. Mamlakat hududidagi orollar soni so‘nggi bor 1945-yilda hisob-kitob qilingan va 21-oktabrga qadar ular 7107 ta deb hisoblanardi.
Orollar sonini ko‘paygani ularni qidirishda yangi metoddan foydalanilgani bilan izohlanmoqda. Boshqarma orollarni izlashda yangi takomillashgan radiolokatsion metoddan foydalangan.
Izoh (0)