Xalqaro valyuta jamg‘armasi yangi mintaqaviy texnik yordam markazini Qozog‘istonning Olmaota shahrida ochish haqida qaror qabul qildi. Markazning ishi taxminan bir yildan keyin boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: Xalqaro valyuta jamg‘armasi

Markaz Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston mintaqasidagi jamg‘armaning to‘qqizta a’zo mamlakatida soliq siyosati, markaziy bank operatsiyalari, soliq sohasidagi nazorat va makroiqtisodiy statistika yo‘nalishlari bo‘yicha salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Markaz XVJning faoliyatini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish nuqtasi bo‘lishi kutilmoqda.

XVJning boshqaruvchi direktori o‘rinbosari va asosiy ma’muriy xodimi Karla Grasso tomonidan qayd etilishicha, markaz uchun joy tanlashda so‘rov va takliflarni baholash natijalariga asoslanilgan. Bunda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aviaqatnovlar hamda boshqaruv va moddiy-texnik masalalarni qamrab oluvchi omillar hisobga olingan.

Karla Grasso Gruziya va O‘zbekiston hukumatlariga markazni joylashtirish bo‘yicha takliflari uchun minnatdorchilik bildirgan.