Rossiyadagi har o‘ninchi kompaniya 2020-yilda ishchi-xodimlar sonini qisqartirishni rejalashtirmoqda. HeadHunter ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya ma’lum qiladi “Izvestiya”.
Bu ko‘rsatkich bir yil avval o‘tkazilgan shunday so‘rov natijalaridan ikki baravar kam bo‘ldi: o‘shanda har beshinchi firmada xodimlarni qisqartirish rejasi borligi bildirilgandi.
Joriy yilgi so‘rovda qatnashgan kompaniyalarning yarmidan ko‘pi (55 foiz) 2020-yilda mehnatga haq to‘lash fondini oshirish niyatida. Firmalarning 62 foizi shtatlarni kengaytirishni mo‘ljallagan, 49 foizi esa holatini barqaror deb baholagan.
Rossiya Mehnat vazirligiga ko‘ra, 1-oktabr holatiga mamlakatda 662,2 ming ishsiz bo‘lib, qayd etilgan ishsizlik darajasi 0,9 foizni tashkil etgan.
Izoh (0)