• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda papilloma virusiga qarshi vaksina haqidagi xavotirli munozaralarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi odam papilloma virusiga qarshi vaksina ijtimoiy tarmoqlarda turli xavotirli bahs-munozaralarni keltirib chiqarayotgani sababli mazkur vaksina haqida ma’lumot berdi.

    Foto: O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Sog‘liqni salqash vazirligi tomonidan ta’kidlanishicha, bachadon bo‘yni saratoni ayollar salomatligiga tahdid qiluvchi jiddiy kasalliklardan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda birgina 2018-yilda bachadon bo‘yni saratoni bilan qariyb 570 mingta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Har yili shu kasallikdan 311 ming nafardan ortiq ayol vafot etadi. Ammo, kasallikning ushbu turining oldini olish borasida sinalgan va samarali usullar mavjud bo‘lib, ulardan biri — odam papilloma virusi (OPV)ga qarshi emlash.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratonining oldini olish chorasi topildi

    Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, joriy yilning oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonda barcha 9 yoshli o‘smir qizlar ushbu kasallikka qarshi emlanadi. Natijada kelajakda har yili 1100 ta kasallanish va bachadon bo‘yni xastaligi bo‘yicha 600 ga yaqin o‘lim holatining kamayishiga erishilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Vazirlik xabarida odam papilloma virusi haqidagi bir qator savollarga javob berilgan hamda ijtimoiy tarmoqlardagi ushbu vaksina haqida bo‘lib o‘tayotgan bahs-munozaralar qanchalik asosli ekanligiga aniqlik kiritilgan.

    Odam papilloma virusi (OPV) nima?

    Papilloma virusli kasallik bo‘lib, uning 200 dan ortiq turi mavjud. Ayrim ko‘rinishlari onkologik xastaliklarni keltirib chiqaradi. Xususan, ayollardagi bachadon bo‘yni saratoni rivojlanishida aynan papilloma virusi yetakchilik qiladi. Virusning 10 ga yaqin turi jinsiy a’zolarni zararlaydi. Uning onkogen xavfi yuqori bo‘lgan turlari esa saratonni paydo qilishi mumkin.

    OPVga qarshi vaksina esa turli xavfli kasalliklarga sabab bo‘luvchi OPV infeksiyalari yuqishining oldini olish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, odam papilloma virusiga qarshi emlash ayollar va erkaklar jinsiy a’zolarida o‘tkir uchli kondilomalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi OPV infeksiyalari yuqishining ham oldini oladi.

    Huquqiy asos bilan mustahkamlangan.

    Bachadon bo‘yni saratoni tarqalishiga ko‘ra jahonda ayollarda uchraydigan saraton kasalliklari orasida to‘rtinchi o‘rinda turadi. Dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida tarqalishi bo‘yicha ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinni egallaydi. Kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha esa, ushbu xastalik barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi va tug‘ish yoshidagi ayollar (15—44 yosh) orasida esa ikkinchi o‘rinda turadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili O‘zbekistonda 1600 nafardan ziyod ayol bachadon bo‘yni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Shu bois, butun dunyoda ushbu kasallikning oldini olish muhim ahamiyatga ega.

    O‘zbekistonda 2017-yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu borada milliy reja tasdiqlangan. U o‘z ichiga bachadon bo‘yni saratonini davolash, palliativ yordam ko‘rsatish bilan birga, OPVga qarshi emlash, bachadon bo‘yni saratonini skrining qilish kabi birlamchi profilaktik tadbirlarni qamrab oladi. Milliy emlash kalendariga ko‘ra, mamlakatda bolalar davlat budjeti hisobidan 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi emlanadi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda epidemiologik holat barqaror saqlanmoqda. Endilikda OPVga qarshi vaksinaning joriy qilinishi esa yana bir og‘ir kasallik — bachadon bo‘yni saratoni kasalligining oldini olishga xizmat qiladi, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

    Dunyoning qaysi mamlakatlarida ushbu vaksina amalda?

    Ayni paytda OPVga qarshi rejali emlash dunyoning 102 dan ortiq mamlakatida bir yoki bir necha turdagi OPV vaksinasidan foydalanishga ruxsat berilgan. Joriy yilning iyun oyi holatiga ko‘ra dunyoning 96 ta davlati, jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqasidagi 33 mamlakat, milliy emlash dasturlariga ushbu virusga qarshi emlashni kiritgan. Shuningdek, 11 ta mamlakat hatto o‘g‘il bolalarni ham emlash dasturini joriy etgan. Emlashning inson salomatligini asrashdagi muhim natijasi bu vaksina ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelinayotgan juda ko‘plab davlatlar (AQSh, Rossiya, Avstraliya, Kanada, Daniya, Irlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya) misolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

    Vazirlikning qayd etishicha, odam papilloma virusiga qarshi vaksinaning narxi ancha qimmatligi sabab aksariyat davlatlarda u pulli asosda bajariladi. O‘zbekistonda esa o‘smir qizlar davlat hisobidan bepul emlanadi.

    Vaksina xavfsiz va kafolatli

    Odam papilloma virusiga qarshi vaksina O‘zbekistonda ilk marotaba 2006-yilda litsenziyalashdan oldin sinovdan o‘tkazilgan. O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda vaksina ayollar reproduktiv funksiyalariga hech qanday nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan. Shuningdek, ushbu vaksina saraton oldi kasalliklar va saratonning oldini olish bilan birga reproduktiv funksiyani himoya qilishi ham aniqlangan.

    2010-yilda O‘zbekistonda sakkiz ming nafar 9—15 yoshli qiz orasida ushbu vaksina qo‘llanilgan. O‘tgan davrda ushbu qizlarda hech qanday salbiy o‘zgarishlar kuzatilmagan

    Nima uchun vaksina aynan 9—14 yoshdagi o‘smir qizlarda qo‘llaniladi?

    Ilmiy izlanishlar natijasiga ko‘ra, aynan shu yoshdagi qizlar mukammal ravishda immunitet ishlab chiqaradi. Boisi, ular hali turmushga chiqmagan va virusni yuqtirish immunitetiga ega bo‘lmagan bo‘ladi. Shu sababli ham ayni shu paytda emlash boshqa yoshdagilarga nisbatan samarali bo‘ladi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda vaksina haqidagi bildirilayotgan turli xavotirli munosabatlar o‘rinsiz, deyiladi vazirlik xabarida.

    Ayni paytda O‘zbekistonda o‘smir qizlarni odam papilloma virusiga qarshi emlash ishlari boshlanish arafasida. Respublika bo‘ylab bu tadbirlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich shu yilning oktabr oyi uchinchi o‘n kunligidan noyabrning oxirigacha davom etsa, ikkinchi bosqich 2020-yil aprelida o‘tkaziladi. Bu jarayonda mamlakatdagi 9 yoshdagi 353 ming nafar qiz qamrab olinishi rejalashtirilgan.

    Emlash jarayonining borishi esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, UNICEF va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining qat’iy nazoratiga olinadi.

    16.10.2019, 22:42   Izoh (0)   22899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston joriy yilning 9 oyida qariyb 1 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

    16.10.2019, 22:26

    O‘zbekistonda gepatit C virusiga qarshi dorining substansiyasi yaratildi

    16.10.2019, 22:11

    Milliy gvardiya Andijonda qo‘riqlash xizmati xodimlari va fuqaro o‘rtasida yuz bergan janjal bo‘yicha munosabat bildirdi

    16.10.2019, 21:56

    Qarshida buzilgan chiqindixona o‘rniga hayvonlarning jasadi tashlab ketilganidan aholi shikoyat qilmoqda

    16.10.2019, 21:25

    Sirdaryoda 30 mln so‘m qarzini qaytarmagan erkak o‘lasi qilib kaltaklandi

    16.10.2019, 20:40

    Shavkat Mirziyoyev chorvachilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

    16.10.2019, 20:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.