• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Surxondaryodagi maktabda sinf xonalari yetishmasligi sabab darslar 4 smenada o‘tilmoqda

    Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi 19-umumta’lim maktabida sinf xonalari yetishmasligi sababli darslar 4-smena o‘tilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Nargiza Rahmatullayeva ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    1994-yilda hashar yo‘li bilan qurilgan ushbu ta’lim dargohi 320 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ayni paytda maktabda 592 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Maktab o‘qituvchilari bilan suhbatda, o‘quv xonalarning yetishmovchiligi sababli ayrim darslar (texnologiya, mehnat, “Atrofimizdagi olam”) fan kabinetlarida emas, balki maktab hovlisida o‘tilishiga aniqlik kiritildi.

    —Sinf xonalari yetishmasligi sababli darslarni 4 smenada o‘tishga majburmiz, — deydi biz bilan suhbatda maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘ulom Xursandov. — 1-navbat soat 08:00 da boshlanadi, unda 1-8-9-10-11-sinflarga dars beriladi. 1-navbatning shu oralig‘ida birinchi sinflarning darsi soat 11:20 da tugatilishi bilan 2-sinflarga dars boshlanadi. Yuqoridagi oraliqdagi darslarni hisobga olganda tushdan so‘nggi smenani 3-navbat deb hisoblasa, soat 13:05 da 5-6-7-sinflarga darslar o‘tiladi. 4-navbatda, soat 14:45 da esa 4-sinflarga qo‘ng‘iroq chalinadi. Dars soatlarini qoldirmaslik uchun dars jadvalini shu tartibda taqsimlashga to‘g‘ri keldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ushbu maktabda ko‘p yillar rahbarlik qilib kelganman,— deydi Xalq ta’limi a’lochisi, mehnat faxriysi Nurali Rajabov. — Nafaqaga chiqqan bo‘lsam-da, kunora bu yerga kelaman, o‘qituvchilar bilan gaplashaman. Bu yerda kuzatuv kengashi raisiman. Maktabimiz 1994-yilda hashar yo‘li bilan qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2007-yilga kelib joriy ta’mirdan chiqarildi. Qurilish ishlariga 30 million so‘m ajratilgan. Mablag‘ning kam ajratilganligi sabab ta’mirlash ishlari nomigagina bajarilgandi. 2019-yilga kelib esa maktab kapital rekonstruksiyadan chiqarildi. Ta’mirlash ishlari nihoyatda sifatli bajarildi. Bu ishlar uchun quruvchilarga katta rahmat aytsang arziydi. Ammo bu bilan muammomiz bartaraf etildi, deya olmayman. Sinf xonalari yetishmasli, sport zali yo‘qligi o‘quvchilarning bilim olishlari bilan birga o‘zlari xohlagan sport turi bilan shug‘ulanishlarida to‘siq bo‘lib kelmoqda. Agar ahvol shu darajada davom etsa, nabiralarimizga aniq fanlar ham ko‘chada o‘tiladi. Bu bo‘yicha mahalla oqsoqollari bilan bilan kelishib ko‘p tashkilotlariga, tuman hokimiga murojaat qildik. Ammo natijani ko‘rib turibsizlar.

    Maktabda sportzalning yo‘qligi bir talay muammolarni yuzaga keltirib chiqarmoqda. Mavjud ahvol bilan yaqindan tanishganimizda yana bir holatga duch keldik. Qarangki, bir vaqtning o‘zida jismoniy tarbiya darsi bitta o‘qituvchi tomonidan ikkita sinfga o‘tilayotgan ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    —Sharoit yo‘qligidan bir vaqtning o‘zida 2-D va 2-Ye sinflariga jismoniy tarbiya darsini o‘tyapman,—deydi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Xolmamat To‘xtayev. — Sport zali bo‘lmagani uchun hatto o‘quvchilar formasini almashtirish uchun xonalar yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilar darsda formasiz ishtirok etmoqda.

    Xuddi shunday holatga 5-sinflarning jismoniy tarbiya darsida guvohi bo‘ldik. 5-A va 5-D sinf o‘quvchilari biz bilan suhbatda jismoniy tarbiya darsi ikkala sinfga qo‘shib o‘tilayotganligini aytishdi. Shuningdek, o‘quvchilar mehnat darslari maktab hovlisida o‘tilishi hamda sport zal yo‘qligi tufayli yomg‘irli kunlarda jismoniy tarbiya darsi o‘tilmasligini aytishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    19-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi ushbu muammo yuzasidan Angor tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Nomoz Mamadiyarov bilan gaplashdik.

    — Haqiqatdan ham 19-umumta’lim maktabida o‘quvchilar soni ko‘p, sinf xonalari yetishmaydi. Tumanimizda 21, 33-umumta’lim maktablarida ham qo‘shimcha o‘quv binosiga ehtiyoj sezilmoqda. Mazkur maktablarni Investitsiya dasturiga kiritish uchun yuqori tashkilotlarga taklif berganmiz. Taklifimiz ko‘rib chiqilib, 2020-yilga kelib qo‘shimcha bino masalasi hal etilishiga umid qilganmiz.19-umumta’lim maktabida yuzaga kelgan muammodan o‘qituvchi va o‘quvchilar birdek qiynalmoqda. Hademay yomg‘irli kunlar boshlanadi, maktab hovlisida o‘tiladigan darslar sinf xonalarga ko‘chirilsa, galdagi navbatdagi dars soatlari qay tartibda o‘tiladi? 4-navbatda o‘qiydigan 4-sinf o‘quvchilari qishning qirovli kunlarida qosh qorayguncha uylariga yetib oladimi? Yoki dars soatlari qisqartiriladimi?

    Bu savollarga mutasadilardan javob kutib qolamiz.

    14.10.2019, 09:07   Izoh (0)   16364
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda bir necha kishiga Nexia-3’ni sotishga uringan firibgar qo‘lga olindi

    13.10.2019, 16:21

    Andijonda mashinalarni “tonirovka” qilish uchun soxta ruxsatnoma tayyorlagan shaxslar qo‘lga olindi

    13.10.2019, 14:47

    Senat: Mehribonlik uylarini tamomlagan yoshlarning 44,1 foizi ishsiz

    13.10.2019, 14:05

    O‘zbekistonda shakar narxi oshadimi?

    13.10.2019, 13:23

    Nodira Qodirovaning akasi: “Deputat Shirin Unal menga pul taklif qildi”

    13.10.2019, 12:41

    Farg‘ona viloyati O‘zbekistonda birinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi

    13.10.2019, 12:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    “Tramp Yevropaga nisbatan haqli siyosat olib boryapti” — Lukashenko

    Dunyo | 8 avgust, 19:46

    Hokimliklar xodimlari uchun oyliklar va mukofot pullari ish sifatiga qarab to‘lanadi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 19:29

    Jahon banki Tojikistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 8 avgust, 19:18

    Isroil Falastin tufayli London bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkin — Times

    Dunyo | 8 avgust, 19:00

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.