• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida

    “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Stendalning “Qizil va qora” romani haqida hikoya qiladi.

    Fleshbek

    Men fransuz klassiklarini o‘qishni yaxshi ko‘raman. Shu bilan birga, men uchun fransuz adabiyoti samimiy, nafis va hatto eng ahamiyatsiz personajlarning ichki dunyosini ham mukammal ochib beradiganday ko‘rinadi. Ushbu kitobni ilk bora maktab davrlarimda o‘qib chiqqanman, keyinchalik yana bir marta o‘qidim va shundan boshlab u mening eng sevimli asarlarimdan biriga aylandi. Umuman olganda, Stendal fransuz klassik adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri va uning har bir asari alohida e’tiborga loyiq.

    Asar haqida

    “Qizil va qora” Stendalning 1830-yilda nashr etilgan romanidir. Romandagi voqealar 1820-yillarda Fransiyada bo‘lib o‘tadi. Ushbu roman XIX asrning so‘nggi choragida psixologik realizmning ilk namunasi sifatida tanila boshlagan. Psixologik realizm janri o‘sha davrga kelib Yevropa adabiyotida ustunlik qilgan yo‘nalish sifatida keng tanilgan.

    Syujet

    Asar syujeti Stendal Grenobl gazetasida o‘qigan maqoladan olingan. Bu o‘sha davrga xos bo‘lgan odatiy holat. Fransiyaning Verer deb nomlangan kichik shaharchasining meri janob de Renal o‘z uyiga Juliyen Sorel ismli yigitni ishga oladi. Shuhratparast Juliyen teologiyani o‘rganadi, lotin tilini mukammal biladi va Injil sahifalarini yoddan o‘qiydi, bolaligidan shon-sharaf va tanilishni orzu qiladi, shuningdek, Napoleonga qoyil qoladi. Uning fikriga ko‘ra, ruhoniylik kasbi yuqori martabalarga erishish uchun eng ishonchli yo‘l edi. Uning xush muomalasi va aqli janob de Renalning fe’l-atvoridan keskin farq qiladi, uning xotini asta-sekin Juliyenga xayrixohlik bilan qaray boshlaydi va natijada u Juliyenni sevib qoladi. Lekin madam de Renal taqvodor ayol bo‘lib, u doimo vijdon azobidan qiynaladi. Kunlarning birida aldangan erga xotini xiyonat qilayotgani to‘g‘risida ogohlantirish bilan noma’lum xat keladi. Juliyen Madam de Renal bilan oldindan til biriktirib, xuddi shunga o‘xshash xatni go‘yoki ayolga ham kelganga o‘xshatib yozishadi. Ammo shahar bo‘ylab mish-mishlar tarqaladi va Juliyen ketishga majbur bo‘ladi. U Bezancondagi diniy seminariya rektori abbat Pirarni o‘z bilimi bilan qoyil qoldiradi va shu seminariyaga joylashadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Abbat Pirarni diniy qarashlari sabab iste’foga chiqarmoqchi bo‘lishadi. Uning do‘sti, boy va obro‘li Markiz de La Mol abbatni Parijga ko‘chib o‘tishga taklif qiladi va unga poytaxtdan uzoq bo‘lmagan joydan yer beradi. Markiz o‘ziga kotib qidirayotganini aytganda Pirar Juliyenni “ham kuchga, ham aqlga ega“ inson sifatida taklif qiladi. U Parijda kelganidan juda xursand edi. O‘z navbatida, Markiz Juliyenning mehnatkashligi va qobiliyatli ekanligini sezadi va unga eng murakkab ishlarni ishonib topshiradi.

    Shuningdek, u dunyoviy jamiyatni ochiqchasiga sog‘inadigan Markizning qizi Matilda bilan uchrashadi. Matilda erka va xudbin, ammo ahmoq emas va juda chiroyli qiz edi. Qizning mag‘rurligi Juliyenning befarqligidan xafa bo‘ladi va qiz to‘satdan unga oshiq bo‘lib qoladi. Juliyen o‘zaro ehtirosni his qilmaydi, ammo oqsuyak zodagon xonimchaning e’tibori uni xushnud etadi. Birgalikda o‘tkazgan bir kechadan so‘ng Matilda dahshatga tushadi va Juliyen bilan aloqani uzadi. Julenning do‘sti, knyaz Korazov, boshqa ayollarga jilmayish orqali Matildaning rashkini keltirish kerakligini maslahat beradi va reja kutilmaganda muvaffaqiyatli bo‘ladi. Matilda Juliyenga yana oshiq bo‘lib, keyin u farzand kutayotgani va unga turmushga chiqishni istayotgani haqida xabar beradi. Biroq Julenning yorqin rejalari madam de Renalning to‘satdan kelgan xati bilan parchalanib ketadi. Ayol yozadi:

    Qashshoqlik va ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilikka qodir bo‘lgan bu odamni kuchsiz va baxtsiz ayolni yo‘ldan ozdirishga undadi va shu tariqa o‘zi uchun o‘ziga xos sharoit yaratib, odamlarga qo‘shildi... U hech qanday din qonunlarini tan olmaydi. Rostini aytsam, uning muvaffaqiyatga erishish usullaridan biri - u kelgan uylardagi eng katta ta’sirga ega bo‘lgan ayollarni yo‘ldan ozdirish deb o‘ylashga majburman.
    Markiz de La Mol Juliyenni ko‘rishni istamaydi. Juliyen madam de Renalni oldiga yo‘l oladi, yo‘lda qurol sotib oladi va cherkovda sobiq sevgilisini otadi. Madam de Renal jarohatlardan o‘lmaydi, ammo Juliyenni hibsga olishadi. Matilda pul va oilasining ta’siri yordamida Juliyenni har qanday yo‘l bilan qutqarishga qaror qiladi, buning uchun u eng obro‘li abbat Frilerdan yordam so‘raydi. Abbat esa yepiskoplik rutbasi evaziga hakamlar hay’ati tomonidan Juliyenning oqlanishiga erishmoqchi bo‘ladi, bundan tashqari, Renal xonimning o‘zi ham hakamlar hay’atidan muvaffaqiyatsiz bo‘lgan o‘z qotilini oqlashni so‘raydi. Bu katta ommaviy rezonans keltirib chiqargan jarayon ayblanuvchiga to‘liq hamdardlik bildiradigan ko‘plab tomoshabinlarni jalb qiladi. Sudda hamma narsa Juliyenning foydasiga hal bo‘layotgan edi, lekin uning burjua jamiyatini tanqid qilgan nutqidan keyin sud hay’ati bir ovozdan uni o‘lim jazosiga hukm qiladi.

    Qamoqda u yana madam de Renal bilan yarashadi va qotillik qilishga uringanligi uchun tavba qiladi. U har doim faqat uni sevganligini tushunadi. Madam de Renal qamoqxonada uning oldiga keladi va o‘sha xatni boshqa odam yozib berganligini, u esa faqat uni ko‘chirib yozganligini aytadi. Bu xat orqali uni Matildadan ajratish fikri esa faqatgina kuchli rashk tufayli paydo bo‘lganini aytadi. Juliyen o‘lim jazosiga hukm qilingandan so‘ng, u hayotda hamma narsaga erishganligini va o‘lim bu yo‘lni tugatishini aytib, sudga qayta murojaat qilishdan bosh tortadi. Madam de Renal Juliyen qatl etilganidan uch kun o‘tgach vafot etadi. Matilda Juliyenning dafn marosimini uyushtiradi.

    Tahlil

    Stendalning hayoti davomida e’tiboridan mahrum bo‘lgan “Qizil va qora“ romani keyingi avlodlar ongida qayta uyg‘ondi deyish mumkin. Ushbu kitob o‘sha davr jamiyati yuziga tutilgan oyna bo‘lib, unda o‘sha davr Fransiya aholisi aks etishni xohlamagan. Menimcha, bu afsonaviy asar sahifalariga shafqatsiz haqiqat to‘kilgan. Bosh qahramon Juliyen Sorel va uni telbalarcha sevuvchi ayollar ham sizni bezovta qiladi, g‘ashingizni keltiradi, siz ularni yomon ko‘rasiz. Haqiqatan ham, uning hissiy notinchliklarini, yosh yigitning otashin tuyg‘ularini va ichki mojarolarini kuzatib, tushuna olish juda qiyin.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bu vazifa ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydi, shuning uchun ushbu deyarli 700 sahifalik romanni o‘qish og‘ir mehnatga aylanadi. Ko‘pchilik uning obrazini tanqid qiladi, bu qanaqa yaramas odam deb aytadi. Faqat ayrimlar o‘zlarini unda ko‘rishganini yashirishmaydilar. Bu odamlar o‘zlari bilan samimiydirlar va ushbu roman har birimizning ichki dunyomizni to‘liq, psixologik jihatdan batafsil ochib berishga qaratilgan. Juliyen ko‘p qirrali yoshlikdir, uning xususiyatlariga qizlar ham, yigitlar ham ega bo‘lishi mumkin. Noyob xotiraga ega, dinni mukammal biladigan bu oddiy duradgorning o‘g‘li mohir suhbatdosh, ayyor va ayollar qalbini zabt etuvchi bo‘lib yetishdi. U burch va sharaf, oliyjanoblik va beadablik, yaxshilik va yomonlik orasida aylandi.

    Aytishim mumkinki, Juliyen asta-sekin martaba pog‘onasiga ko‘tarilib borgani sari o‘zini o‘zi o‘ldira boshlaydi. U jamiyatni, uning kelib chiqishini shubha ostiga qo‘yadi va har qanday holatda ham ko‘plab cho‘qqilarni zabt etishga qaror qiladi xuddi Napoleon Bonapart bir vaqtlar dunyoni zabt etishga intilgani kabi. Hamma narsada eng zo‘r bo‘lishga va buyuklikka intilish uni yo‘q qildi. Ammo u urinib ko‘rdi. Bu yomonmi? “Har doim boshqalar kutgan narsaga mutlaqo zid ish tuting“ - u seminariyada eshitgan shu gaplar unga yo‘l ko‘rsatuvchi nur bo‘lib qoldi. Burjua jamiyatiga tez kirib borar ekan, hamma uni hurmat qila boshlaydi, garchi shunchaki qishloqi bola bo‘lsa ham, uning shunday qat’iy, tengsiz odamlar orasida o‘zini tuta olishini kim kutgan edi? Oddiy ishchilar o‘z qo‘llari bilan, zodagonlar esa aql bilan ishlaydi. U bu stereotipni buzdi.

    Asarning eng nafratlanarli qismi bu sevgi. Qahramonlar fransuz romanlarining eng yaxshi an’analariga ko‘ra yoritilgan, ular sevgilisi uchun jonini berishga tayyor bo‘lgan fidoyi, samimiy qizlardir. So‘nggi sahifalarga qadar ular bizning qahramonimizni, u qanchalik azob chekmasin, tark etmaydilar. Juliyenning kayuniy qiyofasining shakllanishida ular asosiy rol o‘ynadilar.

    Juliyendagi jamiyatning bosimi tabiat tomonidan unga berilgan barcha ezgu tamoyillarni yo‘q qildi. Bu 16 yoshli o‘quvchi tabiatdan ilhomlanib, ozod bo‘lishni orzu qilgan (bu uning romantik qahramon sifatidagi xususiyatlarini namoyish etadi), katta mavqega ega odamlar yashaydigan dunyoning haqiqiy tasvirini ko‘rmaguncha u ruhan Xudoga intilgan. Aqliy notinchlik unga hech qachon taskin bermaydi, chunki bu qahramon doimo bor va rivojlanishda, doimiy harakatda, u suv singari oqadi va uni na yaxshi, na yomon odamga ajratib bo‘lmaydi. Uning de Renal xonimning bolalariga bo‘lgan samimiy sevgisini, Abbat Pirarga, Shelanga bo‘lgan hurmatini eslang... Va bundan farqli o‘laroq, tarozining ikkinchi pallasiga uni hamma yomon ko‘rishiga sabab bo‘lgan xislatlarni qo‘ying.

    Ushbu tarozilar doimo o‘zgarib turadi va hech qachon muvozanatda bo‘lmaydi. Hamma uni bir tomonlama qoralashi mumkin. Uzoq yo‘l bosib, u hamma ishlaridan tavba qiladi, bu unga o‘xshash odamlar uchun ideal maqsaddir. Inson ruhiyati avvalambor o‘zining oldida poklanadi - bu chinakam cho‘qqiga erishishga intilishdir.

    Xulosa

    Romanda doimiy fitna va sevgi ishlari bilan tavsiflash mumkin bo‘lgan odatiy fransuzlar o‘rtasidagi munosabatlar tasvirlangan. Ushbu asar syujeti menga Onore de Balzakning “Sag‘rin teri” asarini eslatadi. Ayollar va yolg‘onchi erkaklar tomonidan qilinadigan hiyla-nayranglar, intrigalar, bularning barchasi, albatta, qahramonlarning xarakterini ochib beradi. Bu asar o‘z zamonining juda yuqori sifatli satirasidir.

    Stendal jamiyatning chiriganligini, butun tizimning qanchalik buzuqligini mahorat bilan ko‘rsatgan, nafaqat adolat, balki lavozimlarga tayinlanish va oila institutida, lekin, eng yomoni, bularning hammasi asrlardan keyin ham o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, muallif sizga Juliyenning ichki zarbalari orqali toza qalbingiz bo‘lsa ham, uni baribir yo‘q qilishingiz mumkinligini ko‘rsatadi. Bizning qahramonimiz avliyo emas, bundan tashqari, u katta gunohkordir, o‘sha davrdagi barcha yomonliklar unda mavjud. Stendal asarni “Qizil va qora“ deb bejiz nomlamagan. Mening nazarimda, qizil – ichki g‘alayon, jo‘shqin qon, yoshlik, adolatni qaror toptirishga intilish, orzularini amalga oshirish, biron narsaga erishish istagidir.

    Qora - bu maqsadlarga erishish uchun hiyla-nayrang va silliq yo‘l, yosh ongga solingan soya, faqat umidsiz va yuraksiz odamlar yurishni tanlaydigan qorong‘i yo‘l. Va bu yo‘llarda har kim o‘z rangini o‘zi tanlaydi.

    Iqtiboslar

    U odatdagidek, odamlarni aslidan ko‘ra ko‘proq aql-idrokli deb o‘ylab adashgan edi;

    Bir ingliz sayohatchisi yo‘lbars bilan qanday do‘stlashgani haqida gapirib beradi; u yo‘lbarsni yaxshi parvarishlagan, erkalagan, lekin u har doim stolida o‘qotar to‘pponcha saqlar edi…

    So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi;

    Qayg‘u ongni susaytiradi.

    Qiziqarli faktlar

    - Stendalning tugallanmagan keyingi romani qo‘lyozmada xuddi shunga o‘xshash nomga ega edi - “Qizil va Oq”;

    - 1864-yilda Vatikan Stendalning barcha “sevgi qissalari“ni, shu jumladan, “Qizil va qora” kitobini ham taqiqlangan kitoblar qatoriga joylashtirdi;

    - 1850-yilda Nikolay II Rossiyada ushbu kitobni taqiqladi;

    - 1939-yilda F. Franko diktaturasi davrida ham roman Ispaniya kutubxonalaridan olib tashlangan edi.

    Mavzuga doir:

    “Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida

    “Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida

    Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida

    Jinoyat huquqi haqida o‘ylar. “Jinoyat va jazo” romani haqida

    Matonat – muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li. “Martin Iden” romani haqida

    “Usta va Margarita” XX asrning eng buyuk romanimi?

    “Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida

    “Davlat va vatan bitta narsa emas”. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida

    Buyuk yozuvchining iqrori. “Iqrornoma” romani haqida

    Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    14.10.2019, 18:05   Izoh (0)   104285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” yozda ikkita himoyachi sotib oladi

    Sport | 2 iyun, 18:11

    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

    Reklama | 2 iyun, 18:00

    Afg‘onistondagi qurg‘oqchilikka qaramay, ho‘l meva hosildorligi o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshdi

    Afg'oniston | 2 iyun, 18:05

    Gayday ham xato qiladi: “Kavkaz asirasi” filmida rejissyor e’tiboridan chetda qolgan xatolar

    Kino | 2 iyun, 17:55

    Kambodja Tailandni Xalqaro sudga beradi

    Dunyo | 2 iyun, 17:45

    Kollagen ozishga yordam beradimi? Olimlar javob berdi

    Layfstayl | 2 iyun, 17:30

    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi

    Reklama | 2 iyun, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.