Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 2019-yilgi final uchrashuvi 26-oktabr sanasida bo‘lib o‘tadi, deya xabar qilmoqda PFL rasmiy sayti.

Foto: PFL

Musobaqa finaliga OKMK va “Paxtakor” klublari yetib kelgan. Mazkur jamoalar bir yil avval ham hal qiluvchi o‘yinda ishtirok etgan va yakunda olmaliqliklar o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylangandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kubok finalini “Lokomotiv” stadionida o‘tkazish qaroriga keldi. Uchrashuv 17:00 da start oladi. Final o‘yini oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda klublarning yetakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!