“Yandeks” aksiyalari qiymati Moskva birjasidagi savdolar chog‘i salmoqli internet-resurslar bo‘yicha qonun loyihasi haqidagi yangiliklar fonida 19,38 foizga arzonladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Rossiya Davlat dumasining 11-oktabr, payshanba kungi yig‘ilishida “internetdagi salmoqli axborot resursi” tushunchasini kiritish va bunday resurslarga ustav kapitalida xorij kapitali ishtirokini 20 foizdan oshmasligi talabi qo‘yilishi taklif qilingan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur loyiha Dumaga 26-iyul kuni “Yedinaya Rossiya” fraksiyasi a’zosi, deputat Anton Gorelkin tomonidan kiritilgandi.
Bunday resursning asosiy egasi sifatida Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs yoki Rossiya fuqarosi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxsda xorij ishtirokini 20 foiz ovoz beruvchi aksiyalar bilan cheklash taklif etilmoqda.
Oldinroq deputat Gorelkin mazkur qonun loyihasi birinchi galda “Yandeks” va Mail.ru’ga qarshi qaratilganini bildirgandi.
Izoh (0)