Gurlan tumanining Dehqonobod mahallasida yashovchi ikki qo‘shni o‘rtasida yer masalasida nizo kelib chiqdi. Bu haqda Xorazm viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qo‘shnilar— 1972-yilda tug‘ilgan F.A. va 1963-yilda tug‘ilgan M.A. ushbu masalani qonuniy yo‘l bilan hal qilish o‘rniga bir-biriga “kim kuchli” ekanligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lishdi. Nizo F.A.ning o‘zidan 10 yosh katta bo‘lgan M.A.ning biqiniga pichoq sanchish bilan nihoyasiga yetdi.
“Pichoqboz” qo‘shniga nisbatan Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)