• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turkiya ichki ishlar vaziri: “Nodira Qodirovani o‘ldirishgan degan gaplarning hammasi yolg‘on”

    Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu CNN Türk telekanalida chiqish qilib, jurnalistlar savollariga javob berdi. Dasturda bir nechta mavzular qatorida Nodira Qodirova ishi bo‘yicha ham savol berildi, deb xabar qiladi “Kun.uz”.

    Foto: “Togri.uz”

    Foto: “Togri.uz”

    Avvalroq, 1996-yilda tug‘ilgan jizzaxlik Nodira Qodirova 23-sentabr oqshomida Turkiya parlamentariysi Shirin Unalning Anqaradagi uyida ro‘y bergan noma’lum hodisa oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi. U deputatning xonadonida taxminan bir yildan buyon oqsoch bo‘lib ishlab kelgan.

    “Hammamizning ham uyimizda xizmatchilar ishlashi mumkin. Masalan, mening uyimda ham oqsochlar bor. Hozir xonadonimda shunga o‘xshash narsa ro‘y berishidan qo‘rqib qolganman. Alloh saqlasin!

    Foto: CNN Turk

    Foto: CNN Turk

    Bu jarayonga jamoatchilik yoki ba’zi doiralar tomonidan boshqacha tus berishga urinishlar bo‘lyapti. Men bu voqeani imkon qadar kuzatib boryapman. Hodisa ro‘y berganidan 5 daqiqa o‘tib menga xabar yetib kelgan, men zudlik bilan Anqara politsiyasi boshlig‘ini jo‘natgan edim. Politsiya boshlig‘i 9 daqiqada u yerga yetib borgan, uning ortidan tez tibbiy yordam kelgan. Ular qulflangan eshikni ochib kirishgan.

    ‘U o‘zini o‘ldirmagan, uni o‘ldirishgan’ degan gaplar yuribdi. Bularning hammasi yolg‘on. Shov-shuvlarning hammasi deputatning ismi bilan bog‘liq.

    Bu yerda adolatni qaror toptirishdan ham tashqari vijdon va insoniylik mas’uliyati ham bor. Jinoyat ehtimoli bo‘lgan barcha holatlarda qanday yo‘l tutilsa, bu vaziyatda ham xuddi shunday qilingan. Prokuratura tegishli bayonot bilan chiqdi. Sud-tibbiy ekspertizasi ham qilingan, tegishli namunalar olingan.

    Bu kabi holatlarda OAVning ba’zi qismi tushkun ahvolda qolgan oilalarga bosim o‘tkazadi. Ko‘rib turibman, Qodirovaning oila a’zolari ayni mana shu hissiyot ta’sirida fikr bildiryapti. Ishoning, ayni paytda barcha huquqiy jarayonlar talab darajasida ketmoqda”, degan vazir.

    Qodirova oilasining advokati ishni topshirdi

    Foto: Twitter / Mujde Tozbey Erden

    Foto: Twitter / Mujde Tozbey Erden

    Turkiya avvalo ayollar va bolalar assotsiatsiyasi rahbari, huquqshunos Mujde Tozbey Erden mazkur ish doirasida Nodira Qodirova oilasining advokati bo‘lishdan voz kechganini e’lon qildi.

    Mujde Tozbey Erden 25-sentabrdan boshlab, ya’ni fojiadan ikki kun o‘tib Qodirova oilasi tomonidan advokat sifatida ish boshlagan edi. Prokuratura marhum va uning dugonasini fohishalikda gumon qilayotgani ma’lum bo‘lgach, advokat OAVda chiqish qilib: “Ular Nodira Qodirovani fohishalikda ayblash orqali o‘zlarini oqlab olishmoqchi”, deb fikr bildirgandi.

    “Odatda, ayol kishi vafot etgan holatlarda o‘lim o‘z joniga qasd qilish oqibatida ro‘y berganmi yoki yo‘q, degan savolga sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga tayanib prokuratura javob berardi. Qodirovaning suitsidi bilan bog‘liq holatda esa buni politsiya departamenti e’lon qilgani dastlabki gumonlarni keltirib chiqaryapti”, – deya qayd etgandi u.

    Nadira için Adalet istiyoruz fotoğraflarımızı paylaşaya devam ediyoruz... #oncecocuklarvekadinlar #NadirayaNeOldu pic.twitter.com/Q3WIMh4B17

    — Önce Çocuklar ve Kadınlar Derneği (@oncecocukkadin) October 6, 2019

    Ammo ma’lum bo‘lishicha, Tozbey Erden endilikda bu ish bilan shug‘ullanmaydi. Bu qarorini u marhumning oila a’zolari bilan fikrlari bir joydan chiqmagani bilan izohladi.

    “Nodiraning do‘stlari, OAV va jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashi bilan biz ishning yopdi-yopdi qilinishiga to‘sqinlik qilib keldik. Lekin hozirgi vaqtga kelib, Nodiraning oilasi bilan nuqtayi nazarimiz turlicha bo‘lgani sababli bu ishdan oilaning advokati sifatida iste’fo berishimiz kerak”, — degan qarorga keldik.

    Biz Nodira va taqdiri unga o‘xshash ayollar huquqlari uchun kurashimizni davom ettiramiz”, – dedi Avvalo ayollar va bolalar assotsiatsiyasi rahbari.

    Nadira için Adalet istiyoruz fotoğraflarımızı paylaşaya devam ediyoruz... #oncecocuklarvekadinlar #NadirayaNeOldu pic.twitter.com/rPZ5na32Vq

    — Önce Çocuklar ve Kadınlar Derneği (@oncecocukkadin) October 5, 2019

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Qodirovaning oilasi “qattiq qo‘rqib qolgani” haqida xabarlar tarqalgan edi.

    Jumladan, Nodiraning akasi Muhammad Ali so‘nggi intervyularidan birida: “Yaqin-yaqingacha menda qo‘rquv bor edi, lekin endi qo‘rqmayman”, deb ta’kidlagandi.

    Yangi advokat “muhim guvohlik ko‘rsatmalari” borligi va oilaga bosim bo‘layotganini aytmoqda

    Ushbu ish yuzasidan endilikda advokat Birol O‘zturk o‘zbekistonlik oila tomonida turib shug‘ullana boshlashi kutilmoqda. Hozircha u rasman bu ishga kirishish uchun advokatlik vakolatini olganicha yo‘q.

    O‘zturkning “Bir Kun” nashriga ma’lum qilishicha, ishning borishida “jiddiy siljish va guvohlarning ko‘rsatmalari” bor. Lekin u ishga kirishishi uchun rasmiyatchilik jarayoni cho‘zilib ketmoqda.

    “Mijozim haftalardan buyon men vakolat ishonchnomasini olishim uchun harakat qilyapti. Men hamon ish bo‘yicha hujjatlarni olish imkoniga ega emasman. Hujjatlarni olgach, batafsil tushuntirish beraman”, deydi u.

    Advokat, shuningdek, Qodirova oilasiga bosim bo‘layotganini ham aytgan.

    “Oila tushkun kayfiyatda, ularga juda ko‘p telefon bo‘layotganini aytishyapti. Akasi bilan gaplashganimda unga ko‘p bosim bo‘layotganini aytdi. Menimcha, jasad bilan birga O‘zbekistonga borgan Unalning haydovchisiga ham bosim o‘tkazishgan.

    Voqea yuzasidan juda juddiy taxminlarimiz va guvohlarimiz bor. Bu guvohlarning ko‘rsatmalari muhim ahamiyatga ega”, dedi advokat Birol O‘zturk.

    Nodiraning akasi videomurojaat orqali ishni yopib yubormaslikni so‘radi

    Qodirovaning akasi Muhammad Ali O‘zbekistondan turib “Bir Kun”ga yo‘llagan videomurojaatida jurnalistlardan ishning yopilib ketishiga yo‘l qo‘ymasliklarini iltimos qilib so‘ragan.

    Kadr: “Bir Kun”

    Kadr: “Bir Kun”

    “Bu yerda onam qayg‘udan o‘lib qolishi mumkin. Onamning ahvoli og‘ir, dorilar bilan yonida bo‘lib turibman. Sizlardan ish yopilib ketmasligini so‘rab qolaman”, – deydi u videomurojaatda.

    Qayd etish kerak, OAVda deputat Shirin Unal ish bo‘yicha 9 kundan keyin ko‘rsatma bergan bo‘lishi mumkinligi haqida ham xabarlar bor. Ayni paytda, boshqa manbalarda iste’fodagi general voqea ro‘y bergan kunning o‘zidayoq bosh prokuror o‘rinbosarini uyiga chaqirib, hodisani tushuntirgani aytilyapti.

    Eslatib o‘tamiz, Anqara shahar bosh prokurori Yuksel Kojamanning so‘zlariga ko‘ra, ayrim nashrlar hodisani “juda bo‘rttirib yoritayotgani”, bu orqali ba’zilar, jumladan, muxolifat hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasini obro‘sizlantirishga urinayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

    Anqara prokuraturasi rahbari ham, Turkiya Ichki ishlar vaziri qayd etganidek, politsiya xodimlari borgan paytda xona eshigi qulf bo‘lganiga urg‘u bergan edi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonliklar Turkiyada deputatning uyida shubhali o‘lim topgan Nodira Qodirovaning qotili jazolanishini talab qiluvchi norozilik kampaniyasini boshladi (foto)

    11.10.2019, 08:33   Izoh (0)   48778
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada IIB xodimi xizmat mashinasida ayolni urib yuborgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

    11.10.2019, 07:41

    Qarshi shahar tug‘ruq majmuasining bosh shifokori nazoratni susaytirgani va 4 nafar xodimi ta’magirlik sababli vazifasidan ozod etildi

    11.10.2019, 07:10

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga rahbar tayinlandi

    11.10.2019, 06:39

    O‘zbekistonda 1-yanvardan qandolat mahsulotlari va shokolad uchun import boji oshiriladi

    11.10.2019, 05:37

    O‘zbekistonda 300 ga yaqin bemorda buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi

    11.10.2019, 01:31

    Toshkent va Kiyev o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash rejasi amalga oshmadi

    10.10.2019, 23:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.