Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahar tug‘ruq majmuasi xodimlarining bemorlardan ta’magirlik qilish holatlari haqida berilgan tanqidiy videolavha o‘rganildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, mazkur holat haqiqatan ham Qarshi shahar tug‘ruq majmuasida ro‘y bergan. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ham mazkur vaziyat o‘rganilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan ham mazkur holat tekshirilib, bunday noxush holat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rildi. Jumladan, tug‘ruq majmuasining uch nafar shifokori va bir nafar hamshirasi hamda tegishli qonun talablariga rioya etilishi borasida nazoratni susaytirgani uchun Qarshi shahar tug‘ruq majmuasi bosh shifokori Salima Ochilova egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.
Shu bilan birga, murojaatda qayd etilgan ona va bolaning salomatligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Izoh (0)