Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘rtasida “Tahfizul-Qur’on” kafedrasi tashabbusi bilan Qur’oni karimning “tilovat” (ya’ni Qur’onni to‘g‘ri, go‘zal va ravon o‘qish) yo‘nalishida Qur’on va Azon musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yili Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan majlis qarori hamda Bosh vazirning 2017-yil 29-maydagi 08/1-856-sonli topshiriq xatiga muvofiq Toshkent Islom instituti maxsus sirtqi bo‘limi 2017-yilidan ilk bor o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Ushbu Azon musobaqasi institut miqyosida uch yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Musobaqani Toshkent islom instituti “Tahfizul-Qur’on” kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matov, “Tahfizul-Qur’on” kafedrasi o‘qituvchilari Islomxon qori Ubaydullayev, Ahmadxon qori Rashidov, Valixon qori Azimboyev, Jahongir qori Ro‘ziyev boshchiligidagi hakamlar hay’ati baholab borgan.

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Qur’on musobaqasi g‘oliblari:

  • 1-o‘rin: Qurbaniyazov O‘ktam (701-guruh);
  • 2-o‘rin: Yakubov Muzaffar (703-guruh);
  • 3-o‘rin: Panjiyev Jasur (702-guruh).
Azon musobaqasi g‘oliblari:
  • 1-o‘rin: Madgaziyev Jamoliddin (703-guruh);
  • 2-o‘rin: Xolxo‘jayev Dilshodjon (702-guruh);
  • 3-o‘rin: Abdullayev Foziljon (701-guruh).
Musobaqa so‘ngida g‘oliblar institut tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash kerakki, maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ularga institutning yuqori malakali, uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari dars berishmoqda. Talabalar institut maxsus fan va o‘quv auditoriyalaridan, axborot resurs markazidagi darsliklar, manba va adabiyotlardan, kompyuter xonalaridan foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratib berilgan. Maxsus sirtqi bo‘limni tugatgan talabalarga diniy oliy ma’lumot darajasidagi Toshkent islom instituti diplomi beriladi. Bugungi kunda maxsus sirtqi bo‘limida umumiy 180 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Foto: Toshkent islom instituti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi