Turkiya Suriya hududiga qo‘shin kiritishni boshladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Turkiya harbiy qo‘shinlarining asosiya vazifasi kurd harbiy kuchlarini ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaradan uzoqlashtirishdan iboratligi xabar qilinmoqda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 6-oktabrda Suriya shimoli-sharqida harbiy operatsiyalar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan. U harbiy harakatlar Anqara terrorchilik guruhlari deb hisoblaydigan Kurdlar milliy himoya otryadlariga qarshi qaratilganiga urg‘u bergan.

Kurd qurollangan guruhi AQShning hududdagi ittifoqdoshi. Dastlab AQSh prezidenti Donald Tramp va Oq uy amerikalik harbiylarning Suriya hududidan chiqib ketishini e’lon qilgan, keyinroq esa Turkiyani kurdlarga kuch ishlatmaslikka chaqirgan.