Gonkong birjasi London fond birjasini sotib olish to‘g‘risidagi taklifini qaytib oldi, deb xabar bermoqda Meduza. Gonkong tomonining taklifni bekor qilishiga London birjasi rahbariyatining ham, uning aksiyadorlarining ham buni qo‘llab-quvvatlamagani sabab bo‘lgan.
Gonkong London birjasini sotib olish haqida 11-sentabr kuni taklif bildirgandi. Ham pul, ham aksiyalar ayirboshlashni o‘z ichiga olgan bitim 39 milliard dollarga baholangandi.
Gonkong tomoni ilgari surgan shartlardan biri London fond birjasining Refinitiv moliyaviy-tahliliy axborot guruhini 27 milliard dollarga sotib olishdan bosh tortishi edi. Gonkong o‘z taklifidan voz kechganidan so‘ng London birjasi Refinitiv’ni sotib olishga tayyorgarlikni davom ettirishini ma’lum qilgan.
London va Gonkong fond birjalari dunyodagi eng yirik savdo birjalaridir.
Sotib olish to‘g‘risidagi taklif bekor qilingani haqida e’lon qilinganidan so‘ng, London fond birjasining aksiyalari 6 foizga tushgan, Gonkong birjasining qimmatli qog‘ozlari qiymati esa 2,3 foizga oshgan.
Izoh (0)