Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyada yangi harbiy operatsiyalarni o‘tkazishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda prezident mamlakatda yangi avtomagistralning ochilish marosimida ma’lum qilgan, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Sputnik

“Biz Afringa, Jarablus va Al-Babga kirdik. Endi Firotdan sharqqa qarab yuramiz. Biz yurtimizga nisbatan amalga oshiriladigan hujum oldidan tinchgina turolmaymiz”, — deydi Erdo‘g‘on. Turkiya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, ular o‘z rejasi haqida Rossiya va AQShni boxabar etgan.

Iyul oyining oxirida Turkiya Suriyaga hujum uyushtirish niyatida ekanligini bildirgandi. Anqara mintaqada xavfsiz zonani yaratish bo‘yicha Vashington bilan muzokaralar o‘tkazishdan “sabri to‘lgani”ni ma’lum qilgandi.