Samarqand shahrining R.Uzoqova ko‘chasidagi “Ahillik” mahallasida joylashgan 55-uy yonida 4-oktabr kuni taransformator yonib ketdi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in haqida soat 15:19 da xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yo‘naltirilgan. Bo‘linma chaqirilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan vaqtida yashash uyi oldida joylashgan “TP-250 18-20” rusumdagi transformator ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 15:26 da qurshab olinib, soat 15:40 da to‘liq bartaraf etilgan.
Natijada yong‘in joyi oldidagi yashash uyining 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.
Yong‘inga transformatorning qizib ketishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)