• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik nazorati va fuqarolarning faolligini oshirishga doir qarorni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgarishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston Adliya vazirligining quyidagi tartibni o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi, unga muvofiq ishlab chiquvchi-tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi. Bunda qoida tariqasida kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiydir.

    Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etildi. Bunda, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:

    • xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining ta’sirchan shakllarini joriy etish;
    • jamoatchilik nazorati shakllarini amalga oshirish mexanizmlarini batafsil reglamentatsiya qilish, ularni amaliyotda samarali qo‘llash;
    • davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati, tegishli sohalardagi ishlarning holatini yaxshilashda ularning roli va samarali ishtiroki masalalari.
    O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Prezidentining Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish va moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi qarori loyihasini kiritadi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
    • institut tomonidan har yili O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va uni rivojlantirish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’ruzani O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashining ko‘rib chiqishi uchun kiritish va shundan keyin O‘zbekiston Prezidentiga axborot berish;
    • institut tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishini, jamiyat institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qo‘shgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
    • 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan 3 baravarigacha, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytiriladi;
    • 2020-yil yanvardan boshlab faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
    Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman va shaharlar budjetlarining xarajatlariga qo‘shiladi.

    Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandning talablaridan kelib chiqqan holda O‘zbekistonning “Budjet kodeksi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

    Belgilanishicha, respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, ushbu organ va tashkilotlarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan majburiy tartibda ularning veb-saytlari yaratiladi.

    Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:

    • davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi va taqdim etadi;
    • Internet tarmog‘ida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini inventarizatsiyadan o‘tkazadi.
    Inventarizatsiya natijalari veb-saytlarga nisbatan yangi talablarni inobatga olgan holda keyinchalik davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi veb-saytlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.

    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanalida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi vazifalarni keng ko‘lamda tushuntirish va targ‘ib qilishga, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun olimlar, sotsiologlar, tadqiqotchilar, ekspertlar, jamoat arboblari, xotin-qizlar, yoshlar va fuqarolar ishtirokida doimiy faoliyat yurituvchi “munozara maydonchasi”ni tashkil etishga qaratilgan teleko‘rsatuvlar turkumini tayyorlash va namoyish etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik fikri” tahririyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

    Belgilab qo‘yilishicha, “Jamoatchilik fikri” tahririyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobidan, shuningdek, Davlat budjetidan teleradiokompaniyaga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ikki hafta muddatda markaziy davlat telekanallarida mamlakatning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotiga oid eng muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida doimiy asosda maxsus teleko‘rsatuvlar (jamoatchilik munozaralari) tashkil etilishini ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuziladi, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va shakllangan milliy huquqni qo‘llash amaliyoti asosida nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni kodlashtirish va tizimlashtirish uning asosiy vazifasi etib belgilanadi.

    Ishchi guruh 2020-yil 1-fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

    O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab to‘lov asosida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini muntazam ravishda tashkil etadi.

    O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan quyidagi loyihalarni Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi:

    • O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi to‘g‘risidagi nizom;
    • Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining xalqaro standartlarini respublikada joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

    05.10.2019, 11:32   Izoh (0)   32261
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bojxona va DXX xodimlari Farg‘onada 516 ming dollarni noqonuniy olib chiqishga uringan shaxsni qo‘lga oldi

    05.10.2019, 11:11

    Toshkent—Istanbul yo‘nalishidagi samolyotning uchish vaqti kechiktirildi

    05.10.2019, 10:49

    Birlashgan Arab Amirliklari Navoiyda 100 mVt quvvatli quyosh elektr stansiyasini quradi

    05.10.2019, 10:06

    Komil Allamjonov matbuot xizmatlari faoliyatini tanqid qildi

    05.10.2019, 09:04

    Qozog‘istonda qurilayotgan uylardan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

    05.10.2019, 08:25

    Shavkat Mirziyoyev: Issiq suv va issiqlik ta’minotidagi barqarorlik — aholining hayotdan rozi bo‘lishini ta’minlovchi muhim omil

    05.10.2019, 07:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10

    Isroil AQSHdan G‘azodagi falastinliklarni ko‘chirishda yordam so‘ramoqda

    Dunyo | 19 iyul, 21:40

    AQSH razvedkasi Obamani Rossiyaning saylovlarga aralashgani haqidagi soxta ma’lumotlarni tarqatishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 21:15

    Yevroittifoq Ukraina orqali Rossiyaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — OAV

    Dunyo | 19 iyul, 20:40

    “Manchester Siti” futbolchisi o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda

    Sport | 19 iyul, 20:15

    Tramp steyblkoinni dollar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    Dunyo | 19 iyul, 20:12

    G‘azoda binolarning 88 foizdan ortig‘i Isroil tomonidan vayron qilingan

    Dunyo | 19 iyul, 19:40

    Maduro Salvador prezidentini deportatsiya qilingan venesuelaliklarni qiynoqqa solishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 19:10

    Isroil va Suriya o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

    Dunyo | 19 iyul, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.