• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Nobelning eng yosh sohiblari haqida

    Xabaringiz bor, 16 yoshli qiz Greta Tunberg joriy yilda Nobel mukofotiga tavsiya etilmoqda ekan. Tunberg hozirda birmuncha taniqli shaxsga aylanib ulgurdi va mabodo u haqiqatan ham Nobel mukofotiga sazovor bo‘lsa, u tarixdagi eng yosh Nobel egasiga aylanadi. Hozircha esa bu maqom boshqa bir qizga tegishli. “Daryo” da berib borilayotgan “Nobel haftaligi oldidan” turkumining ushbu sonida Nobel mukofotiga erishgan vaqtda eng yosh mukofot sohibi bo‘lgan shaxslar haqida hikoya qilmoqchimiz.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Bugungi kunda Nobel mukofoti egalari orasida eng yosh mukofot egasi bo‘lgan shaxs bu Malala Yusufzaydir. U 2014-yilda atigi 17 yashar paytida ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan. Albatta, Yusufzay olim yoki adib emas. U o‘z Nobelini Norvegiya poytaxti Osloda qabul qilib olgan. Sezganingizdek, unga mukofot tinchlik sohasi yo‘nalishi bo‘yicha berilgan. Malala tug‘ilib o‘sgan qishloqni “Tolibon” egallab olgan edi. U 11 yosh paytida BBC axborot xizmati uchun o‘z hayoti haqida blog yoza boshlagan va shu orqali dunyoga tanilgan. Shu orqali butun dunyo Yusufzay yashayotgan qishloqdagi og‘ir ahvol va terrorchilarning qabihliklari haqida bilib borgan. Chunonchi, “Tolibon” o‘zi egallagan Svat provinsiyasidagi ayollar va bolalar huquqlarini keskin poymol qilar edi. 2012-yilda toliblar Malala Yusufzayni yo‘q qilish payiga tushadi. Qiz og‘ir yaralangan bo‘lsa-da, blogini yuritishni davom ettiradi. U ayniqsa ayollarning ta’lim olish huquqi uchun kurashchi sifatida ko‘proq tanila boshladi. Natijada 2014-yilda u atigi 17 yosh paytida Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Uilyam Lorens Bregg 1915-yilda o‘z otasi bilan birga fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ularning ilmiy ishi kristallarni rentgen nurlari yordamida tadqiq qilishga bag‘ishlangan edi. O‘sha paytda Uilyam Bregg 25 yoshda bo‘lgan. U rentgen nurlari yordamida kristalldagi atomlarning joylashuvini aniqlash usulini topgan. Otasi esa shunga mos spektrometr yasagan. Garchi Bregglar oilasi kelib chiqishi Avstraliyadan bo‘lsa-da, ularga Nobel taqdim qilingan paytda ota-o‘g‘ilning har ikkalasi allaqachon Kembrij universitetida ishlar edi. Uilyam Bregg yetuk fizik bo‘lish bilan birgalikda juda mohir rassom hamda mirishkor bog‘bon bo‘lgan. Angliyada Uilyam Lorens Breggning bog‘i o‘sha yillari tillarda doston bo‘lar darajada mashhur edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Kanadalik vrach va fiziolog olim Frederik Banting Nobel olgan vaqtda 32 yoshda bo‘lgan. Banting shotlandiyalik hamkasbi Jon Makleod bilan birgalikda 1923-yilgi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ularning ilmiy ishi qandli diabetni davolash borasida bo‘lib, bu ikki olim insulinni kashf qilgan olimlar ham hisoblanadi. Tibbiyot aynan ularning xizmatlari evaziga qandli diabetni davolashda juda katta ilg‘or qadam tashlagan. Banting hayotda juda kamtar va xolis fikrli shaxs bo‘lgan. U tadqiqotlarda o‘zi bilan yelkama-yelka turib ishlagan hamkasbi Charlz Beston ham Nobel olishi kerak edi deb hisoblagan. Biroq mukofot qo‘mitasi Beston nomzodini qabul qilmagan. Adolat qaror topishini istagan Banting Nobel mukofotining o‘ziga tegishli bo‘lgan qismini teng ikkiga bo‘lib, Bestonga eltib bergan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1935-yilda kimyo bo‘yicha Nobel olgan Frederik Jolio-Kyuri esa 35 yoshda bo‘lgan. U mukofotni o‘z xotini, olima Iren Kyuri bilan birga oilaviy qabul qilib olgan. Kyurilar oilasi elementar zarralarni tadqiq etgan va yangi sun’iy radioaktiv elementlarni sintez qilgan. Frederik Jolio-Kyuri mashhur kimyogar olima Mariya Sklodovska-Kyurining kuyovi bo‘lib, u hozirda ham kimyo yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh laureat hisoblanadi. Iren Kyuri o‘z eridan uch yosh katta bo‘lgan va mukofot olgan yili u 38 ga to‘lgan ayol edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Adabiyot yo‘nalishida eng yosh Nobelchi esa Redyard Kipling bo‘ladi. Hammamiz sevib o‘qigan va multfilmini tomosha qilgan “Maugli” (“Changalzor kitobi”) asari muallifi 42 yoshida ushbu nufuzli mukofot sohibi bo‘lgan.

    * * *

    Iqtisod  sohasidagi mukofot sohiblari orasida esa yoshlari yo‘q. Ular ichida eng yosh paytida mukofot olgani ham allaqachon 51 ga to‘lgan kishi edi. Bu Kennet Errou bo‘lib, hamma manbalarda AQShlik deb ko‘rsatilsa-da, kelib chiqishi Moldovadandir. U AQShda matematika professori va iqtisod fanlari doktori sanaladi. Nobel xotirasi uchun iqtisod yo‘nalishi mukofotini esa 1972-yilda qabul qilib olgan. Uning ilmiy ishlari iqtisodiyotda muvozanat nazariyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha yili u bilan birga hamkasbi Jon Xiks ham ushbu mukofotni baham ko‘rgan. Iqtisodchilar Kennet 1951-yilda shakllantirgan muhim bir qoidani yaxshi biladi. U ham bo‘lsa jamoaviy tanlashning imkonsizligi tamoyilidir. Hozirda bu narsani fanda Kennet paradoksi deb yuritiladi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    Nobel haftaligi oldidan nimalarni bilish kerak?

    • Mukofot kimga va nimaga beriladi?
    • Nobel medallari haqida
    • Nobel medallari qanday tayyorlanadi? (fotogalereya)
    • Nega Eynshteynga nisbiylik nazariyasi uchun Nobel berilmagan?

    05.10.2019, 12:17   Izoh (0)   43404
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.