So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Ilm-fan

    Nobel haftaligi oldidan: Nobel medallari haqida

    02.10.2019, 15:17 46282

    1901-yilda Nobel mukofoti ilk bora o‘z egalariga topshirilgan. O‘shanda olimlar Vilgelm Rentgen, Yakob Vant-Goff hamda Emil Bering mos ravishda fizika, kimyo va tibbiyot sohasida ilk Nobel mukofotlarini qo‘lga kiritgan edi. Ilk yili adabiyot bo‘yicha Nobelni fransiyalik yozuvchi Syulli Pryudom qo‘lga kiritgan bo‘lsa, tinchlik sohasidagi mukofot esa shveysariyalik Jan Anri Dyunanga nasib etgan.

    Mukofot qoidalariga muvofiq, laureatlarga Alfred Nobel silueti tushirilgan katta oltin medal topshirilishi lozim. Haqiqatan ham, 1901-yildan buyon har bir laureat tantanali marosimda Shvetsiya qiroli qo‘lidan oltin medal qabul qilib oladi. Ana shu oltin medalining o‘zi bilan ham Nobel mukofotining ko‘plab qiziqarli tarixiy voqealari bog’liq bo‘lib, “Daryo” “Nobel haftaligi oldidan” ruknida boshlagan turkum maqolalarning ushbu sonida ana o‘sha oltin medallar haqida hikoya qiladi.

    Masalan, qo‘mita bir safar medallarni fashistlardan yashirish uchun Shvetsiyada emas, Daniyada tayyorlatishiga to‘g‘ri kelgan; bir safar esa topshirish marosimidagi chalkashlik tufayli ikkita laureatning medallari o‘zaro adashtirib berib yuborilgan. Ularni to‘g‘rilab olish uchun esa to‘rt yil vaqt ketgan. Yana bir safar Nobel olgan laureatni aeroport maxsus xizmatlari qattiq tintuv qilgan va dag‘dag‘a bilan kontrabanda qilishga ayblagan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1901-yilda ilk Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan va ismlari yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar esa asl bo‘lmagan medallarni qabul qilib olgan. Ya’ni ularga “vaqtincha” medallar berib turilgan. Buning sababi o‘sha paytdagi mukofot hay’ati yo‘l qo‘ygan loqaydlikda bo‘lib, ular medalning teskari tomoniga tushirilishi kerak bo‘lgan tasvirni tasdiqlashni paysalga solgan va natijada medallar 10-dekabr sanasigacha tayyor bo‘lib ulgurmagan. Faqat 1902-yildagi ikkinchi marta mukofot topshirish marosimidagi medallar haqiqiy bo‘lgan. O‘shanda shvetsiyalik haykaltarosh va gravyura ustasi Erik Lindberg loyihasi asosida tayyorlangan ilk oltin medallar Nobel mukofotiga qo‘shib laureatlarga topshirilgan. 1901-yilgi medallar esa xuddi suvenir singari arzon metallga shunchaki Nobel silueti zarb qilingan tarzda bo‘lgan. Ular keyinchalik haqiqiy oltin medallarga almashtirib berilgan. Garchi Lindberg shvetsiyalik bo‘lsa-da, o‘sha yillari Parijda istiqomat qilardi, shu sababli Nobel medalida fransuz gravyura san’ati belgilarini ham ko‘rish mumkin.

    Mavzuga doir:

    Nobel haftaligi oldidan. Mukofot kimga va nimaga beriladi?

    Tinchlik sohasidagi Nobel mukofotining medali dizaynini esa norvegiyalik haykaltarosh Gustav Vigeland ishlab chiqqan. Biroq uning zarb qilinishi uchun qolip va naqshlarni baribir Lindbergning o‘zi tayyorlagan. Chunki Vigelandning bunga uquvi bo‘lmagan. Aytish joizki, Nobel medallari hozir ham o‘sha 1901–1902-yillarda Lindberg va Vigeland chizgan eskizlar bo‘yicha zarb etiladi. 1968-yilda Nobel xotirasi uchun Shvetsiya markaziy banki ta’sis etgan iqtisod sohasidagi mukofot medalini esa Svensson-Linkvist loyihalagan. 1902–2010-yillar mobaynida Nobel medallari Shvetsiya qirollik zarbxonasida so‘qilgan. 2011-yilda esa bu ishni Norvegiya tanga zarbxonasi bajargan. 2012-yildan buyon maxsus korxona – Svenska medalj Nobel medallarini tayyorlamoqda (Nobel medallarining tayyorlanishi haqida “Daryoda” alohida maqola berish rejalashtirilgan).

    Barcha yo‘nalishlarning medallari dizayni va naqshlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Faqat fizika va kimyo yo‘nalishlari uchun bir xil medal zarb etiladi. Ularning hammasida Alfred Nobel tasviri va imzosi bo‘rtma holda ishlangan bo‘ladi. Shvetsiyada topshiriladigan medallarning teskari tarafida Inventas vitam iuvat excoluisse per artes yozuvi o‘yilgan. Bu lotincha jumlaning ma’nosi “Ixtirolar hayotni yaxshiroq, san’at esa go‘zalroq qiladi” demakdir. Teskari tarafdagi tasvir esa yo‘nalishga qarab har xil bo‘ladi. Tinchlik sohasidagi Nobel mukofoti medalida Pro pace et fraternitate gentium, ya’ni “Tinchlik va birodarlik uchun” degan yozuv mavjud. Iqtisod sohasidagi Nobel xotirasi uchun mukofot medalida bunday yozuvlar yo‘q.

    Aytish lozimki, har bir Nobel medaliga uning egasining ismi sharifi o‘yib yozib qo‘yiladi. Masalan, tinchlik sohasidagi va iqtisod bo‘yicha mukofotlarda laureatning ismi-sharifi medalning qirrasiga o‘yib yozilgan bo‘ladi. Boshqa yo‘nalishlardagi medallarda esa laureat ismi-sharifi medalning orqa tarafida bo‘rtma harflar bilan ishlanadi. Tinchlik sohasida va iqtisod yo‘nalishida topshiriladigan Nobel oltin medallaridagi yozuvlar biroz mayda bo‘lgani va medal qirrasiga ishlangani uchun ba’zan muammolarga ham sabab bo‘ladi. Chunonchi, 1975-yilda iqtisod sohasidagi Nobel xotirasi uchun mukofotni amerikalik Tyalling Kupmans va SSSRdan Leonid Kantorovich o‘zaro bo‘lishib olgan edi. Topshirish marosimida ularning medallari o‘zaro adashtirib berib yuborilgan. Sovuq urush eng avjiga chiqqan yillar bo‘lgani sababli laureatlar medallarini almashtirib olishga qiynalgan. Buning uchun oz emas, ko‘p emas, naq to‘rt yil kerak bo‘lgan va kuchli diplomatiyani ishga solishga to‘g‘ri kelgan.

    1980-yilgacha topshirilgan barcha Nobel medallari 200 gramm tilladan iborat bo‘lib, diametri 66 millimetr bo‘lgan. U 23 karatlik tilladan tayyorlangan. 1980-yildan boshlab mukofot qo‘mitasi medallardagi oltin vaznidan tejashni boshladi; o‘shandan buyon medal og‘irligi 175 gramm, probasi esa 18 karat qilib zarb etilmoqda. Tinchlik sohasi va iqtisod bo‘yicha medal vazni biroz og‘irroq – 185 gramm.

    Ikkinchi jahon urushi yillaridan fashistlar yahudiylarni, shu jumladan, kelib chiqishi yahudiylarga aloqador har qanday olimlarni ham ta’qib qilgan. 1933-yildan e’tiboran Germaniyada natsistlar hukumat tepasiga kelgach, ko‘plab yahudiy olimlar va nemis fiziklarining o‘zi ham Daniyaga qochib keta boshlagan. Ko‘plab olimlarga Kopengagenda buyuk fizik Nils Bor boshpana bergan, ish topib bergan. Shundaylardan biri 1914-yilgi Nobel mukofoti sohibi, nemis fizigi Maks fon Laue bo‘lsa, yana biri 1925-yilgi Nobel egasi Jeyms Frank bo‘lgan. Ular o‘z Nobel medallarini o‘zlari bilan Kopengagenga olib kelgan. Nemis fashistlari esa mamlakatdan oltin va qimmatbaho metallar olib chiqib ketilishini juda qattiq nazorat qilardi va kimda-kim oltinni Germaniyadan tashqariga olib chiqib ketayotgani aniqlansa, bu davlatga xiyonat deb baholanib, u otuvga hukm qilinardi. 1940-yilda fashistlar qadami Kopengagenga ham yetib keldi. Daniyani bosib olgan fashistlar birinchi navbatda Bor laboratoriyasini va u yerdan panoh topgan nemis fiziklarining Nobel medallari izlashga tushdi. Biroq har qancha sinchiklab tintuv o‘tkazishmasin, ular hech narsa topa olmadi. Medalda mukofot egasining ismi-sharifi o‘yib yozilgan bo‘lishini e’tiborga olsak, mabodo nemislar topib olsa, demak, egasini davlatga xiyonatda ayblab otib tashlashlari hech gap emasdi. Ma’lum bo‘lishicha, Germaniya Daniyani bosib olgach, Bor o‘zi yashirgan nemis olimlarining xavfsizligi borasida qayg‘ura boshlagan. Ular maslahatlashib, medallarni ko‘mib qo‘yishni taklif qilgan. Ammo bu fikr Borga ma’qul kelmagan. Chunki metall qidiruvchi moslamalar bilan fashistlar medallarni topib olishi ehtimoli bor edi. Shunda Borning o‘zi Jeyms Frank va Maks fon Lauening Nobel medallarini eritib, biror suyuqlikda eritma holida saqlab qolishni taklif qilgan. Borning topshirig‘i bilan uning shogirdi, yahudiy olim Jorj de Xeveshi tomonidan medallar eritib, spirtga aralashma tarzida olib qo‘yilgan. Bu haqda u shunday yozgan edi: “Bosqinchilar ko‘chada marsh bilan o‘tayotgan bir paytda men medallarni eritish bilan band edim...”. Shu tariqa, Nils Borning topqirligi evaziga ikki yetuk fizikning shaxsiy mulki bo‘lmish qimmatbaho Nobel medallari fashistlar qo‘liga tushib qolishidan saqlab qolingan. Lekin ular qayta eritib olingach, albatta eski, asl shakliga qaytmaydi. Ta’kidlash joizki, urush tugagach, Nobel mukofoti qo‘mitasi fon Lauega ham, Jeyms Frankka ham medallarini boshqatdan yasab topshirgan.

    Fashistlar Kopengagenda Nils Borning o‘zini ham tintuv qilgan. Chunki ular buyuk olim 1922-yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgani va unda qimmatbaho medal borligini yaxshi bilardi. Tintuv va so‘roqlar orqali natsistlar Borning oltin medalini topa olmagan. Ushbu medal taqdiri yaqin-yaqinlargacha ham sir bo‘lib qolmoqda edi. Chunki uni nima qilganini yoki qayoqqa qo‘yganini Nils Borning o‘zi biror joyga yozib qoldirmagan. Keyinchalik arxiv hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, Nils Bor o‘zi va 1920-yilgi tibbiyot bo’yicha Nobel mukofoti egasi, daniyalik fiziolog olim Avgust Krog bilan birgalikda oltin medallarini 1940-yilda SSSRning qurolli hujumiga uchragan Finlyandiya xalqiga yordam fondiga ehson qilib yuborgan ekan. Ularning medallarini shaxsi sir qolishini istagan bir odam sotib olgan va keyinchalik Daniya davlat tarix muzeyiga beg‘araz qaytarib bergan.

    2011-yilgi fizika bo‘yicha Nobel egasi Brayan Shmidt esa Shimoliy Dakota shtati, Fargo shahri aeroportida kontrabandachi singari muomalaga duch kelgan. Aeroport xavfsizlik xizmati shu shaharda yashovchi buvisini ko‘rgani kelayotgan Nobel mukofoti egasi Brayan Shmidtni tanimagan. U esa medalini buvisiga ko‘rsatib maqtanishni maqsad qilgan. Aeroportda rentgen apparati orqali yuklarini o‘tkazayotgan Shmidtni maxsus xizmat xodimlari ushlab olib, oltinni qayerdan olganini aytishini talab qilib so‘roqqa tuta boshlagan. Shmidt hazilomuz javob bilan “uni shved qirolidan oldim” deb aytgan. Ular esa qirol nimaga unga medal berganini so‘ragan. Shmidt “men qirolga koinot tezlanish bilan kengayayotganini aytib bergandim, shunga berdi”, deya yana hazil qilgan. Vaziyatga AQSh hukumatidagilar aralashmagunicha bechora Shmidt Nobel medalini buvisiga ko‘rsata olmay xunob bo‘lgan.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    300 dan ortiq: Qorabog‘dagi portlashda halok bo‘lgan va yaralanganlar soni ma’lum qilindi

    Bugun, 13:04

    InfinBANK’dan foizsiz kredit: ertakmi yo haqiqat?

    Bugun, 12:00
    Reklama

    NATO Qrim yaqinida parvozlar sonini uch baravarga oshirdi

    Bugun, 12:57

    Insulinga rezistentlik belgilari: ular e’tiborsiz qoldirilganida qandli diabet yuzaga kelishi mumkin

    Bugun, 12:57

    Mudofaa vaziri Toshkentda AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi

    Bugun, 12:54

    Latviyada mashinasiga “men rusman” stikerlarini yopishtirgan haydovchilar jarimaga tortilishi mumkin

    Bugun, 12:35

    O‘z hududingizda qoling: shaharning ko‘plab qulayliklari bitta kompleksga qanday joylashdi

    Bugun, 10:41
    Reklama

    Qirg‘izistonning un va bug‘doy eksportini taqiqlashi O‘zbekiston bozoriga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Bugun, 12:34

    Dunyo mamlakatlari 2025-yilga borib kiberjinoyatlardan 10,5 trln dollar zarar ko‘rishi mumkin

    Bugun, 12:19

    Uill Smit 55 yoshni qarshi oldi: Gollivud yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar

    Bugun, 11:44

    FAO O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashish uchun 8 ta Toyota Hilux topshirdi

    Bugun, 11:30

    Tavsiya etamiz

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?