“Daryo” jahonning eng nufuzli ilmiy mukofoti egalari ma’lum bo‘ladigan Nobel haftaligi oldidan o‘z o‘quvchilarini mukofot haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirishda davom etadi. Bugungi fotojamlanma orqali Nobel medallari qanday tayyorlanishi bilan tanishishingiz mumkin.
Nobel mukofoti medallari 1902–2010-yillar mobaynida Shvetsiya zarbxonasida tayyorlangan. Tasvirda o‘sha medallarning qoliplari.
Foto: Markus Marketik
Zarbxonada tayyorlangan hamma medallar XVIII asrdan beri ro‘yxatlashtirib va hujjatlashtirib kelinadi.
Foto: Markus Marketik
So‘ngra qolip asosida medalning old va orqa qismlari katta bosim ostidagi sandon orqali zarb qilinadi.
Foto: Markus Marketik
Uning chidamliligini orttirish uchun yuqori harorat ostida termik ishlov beriladi.
Foto: Markus Marketik
Termik ishlov berilgan medal qattiq qiziydi. Shu bois uni suvga solib sovitiladi.
Foto: Markus Marketik
Nobel haftaligi oldidan nimalarni bilish kerak?