23-sentabr kuni soat 12:00 larda viloyat ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarlik sodir qilgan fuqaro Mahmud Radjapov, uning yaqin qarindoshlari hamda Facebook’da “Shabnam Ollashukurova” nomli guruh blogeri, Nafosat Ollashukurovalarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Urganch shahar ma’muriy sudining 23-sentabrdagi qaroriga asosan Nafosat Ollashukurovaga nisbatan MJtKning 183, 194, 195 va 202-moddalari bilan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
26-sentabrda Nafosat Ollashukurova ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan paytida ruxiyatida o‘zgarishlar sezilganligi uchun tez tibbiy yordam chaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan uni viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketilgan.Viloyat ruhiy asab kasalliklar dispanseri tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga murojaat qilib, fuqaro Nafosat Ollashukurova ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligini, unda “Psixopodobniy sindrom, poronayalniy sindrom” kasalligi alomatlari kuzatilganligi, o‘zi yoki atrofdagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi, uning nochorligi, asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi sababli, psixiatriya muassasasiga joylashtirishni so‘ragan.
Mavzuga doir:
Hozirda Nafosat Ollashukurova Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda 23-sentabr kuni fuqaro Mahmud Rajabov va uning yaqinlari IIV rahbariyati bilan uchrashish uchun Toshkent tomon piyoda yo‘lga chiqqani, so‘ng ichki ishlar xodimlari ularni to‘xtatib, bo‘limga olib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)