“Buxoro aeroporti” chegara bojxona postiga xorijdan uchib kelgan fuqaro F.I. bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganda, umumiy qiymati 18,9 million so‘mlik sim kartalarni O‘zbekistonga olib kirmoqchi ekanligi aniqlangan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, F.I. umumiy qiymati 18,9 million so‘mlik 6300 dona sim kartalarni O‘zbekistonga noqonuniy tarzda olib kirishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)