O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 20-sentabr kuni “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Qarorda belgilanishicha, teatr-studiyaning asosiy vazifalaridan biri — bolalar tomonidan ijro etilgan xalqchil asarlarni sahnalashtirish, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlarini yaratish va namoyish etishdir.
Qaror bilan teatr-studiya faoliyati uchun uning o‘z daromadlari bilan qoplanmagan qismiga davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishi belgilandi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
Izoh (0)