• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Paymonasi to‘lsa, xalq qo‘zg‘olon ko‘tarishi mumkin”. Yuliy Yusupov O‘zbekistonning “aksilislohotchi” davlat organlariga murojaat qildi

    Iqtisodiy rivojlanish markazi direktori, iqtisodiyotchi Yuliy Yusupov Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonda so‘nggi bir yilda qabul qilingan loyihalar va normativ hujjatlar haqida tanqidiy fikrlarini bildirdi. Uning yozganlarini Abbos Asad o‘zbek tiliga tarjima qildi.

    Foto: Xalqaro press-klub

    Foto: Xalqaro press-klub
    So‘nggi yilda (va ayniqsa so‘nggi yarim yil ichida) loyihalar va normativ hujjatlarning chinakamiga vakxanaliyasi kuzatilmoqda. Ular davlatni islohot qilishga, davlat organlarining iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga, biznes yuritish bo‘yicha hammaga teng sharoitlar yaratib berilishiga, xususiy mulk himoyasiga qaratilganda ham mayli edi, ammo aslo bunday emas.

    Qabul qilinayotgan loyihalar va normativ hujjatlarning aksariyati raqobatni sindirishga, amaldorlarning hukmdorligini kuchaytirishga hamda alohida kompaniyalar uchun imtiyozlar yaratilishga qaratilgan.

    Boj to‘lovlarining ko‘tarilishi, importga qarshi qo‘shimcha to‘siqlarning yaratilishi (bu sohadagi fantaziyaning umuman tormozi yo‘q degan tasavvur paydo bo‘lgan), alohida kompaniyalar va sohalarga imtiyozlarning taqdim etilishi (ko‘pincha qandaydir o‘g‘risifat tashkilotning ustunligiga urg‘u bergan holda) va hokazo, va hokazolardan iborat aksilislohotlarning kuchli to‘lqini yuzaga kelgan. E’tiborga sazovor yeri shundaki, bu kabi normativ aktlar uzra hammaga tanish bo‘lgan ulkan kompaniya — Artel va uning satellitlarining “quloqlari chiqib turibdi”. Go‘yo bizning barcha vazirliklar va mahkamalarimiz faqat shu kompaniyaning manfaatlari uchun ishlayotgandek his vujudni egallab olgan.

    Va bu ishlarning barini ISLOHOTLAR deb atashdan uyalishmayapti.

    So‘nggi paytda kimlarningdir manfaati va amaldorlarning hukmini kuchaytirish yo‘lidagi jihodda ishtirok etmagan vazirlik va mahkamalar qolmadi hisob: Bojxona qo‘mitasi (alohida turdagi mahsulotlarning eksport narxlarini tartibga solish), “O‘zbekiston temir yo‘llari” (xususiy aroq zavodini soliqlardan ozod etilishi), “O‘zcharmsanoat” (import poyabzallarga tariflarni ko‘tarish tashabbusi bilan chiqishi), Moliya vazirligi (elektrotexnika sanoati uchun imtiyozlarni himoya qilish, soliq organlarini misli ko‘rilmagan vakolatlar bilan kuchaytirish), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasi (boj to‘lovlarini ko‘tarish), Sog‘liqni saqlash vazirligi (oziq-ovqat mahsulotlari importiga yangi talablarni ko‘tarib chiqish), Veterinariya qo‘mitasi (Mo‘g‘uliston bilan dotatsiyalangan havo yo‘lakchasi, undan faqat saralangan kompaniyalar foydalana oladilar), “O‘zstandart” (allaqachon bekor qilinish kerak bo‘lgan majburiy sertifikatsiyalash qoidalarining kuchaytirilishi va import uchun yangi syurprizlar), Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi (mobil moslamalarni ro‘yxatga olish). Bu ro‘yxatni yana ancha davom ettirish mumkinligidan vahimaga tushib ketyapman. Qizig‘i shundaki, mazkur hujjatlardagi ko‘plab g‘oyalarni hech qo‘rqmay ahmoqona deb atash mumkin. Yaxshiyamki, ularning ba’zilarini amalga oshirish ishlari to‘xtatib qo‘yildi.

    Hatto Antimonopoliya qo‘mitasi ham qatordan qolmadi: o‘ta muhim bo‘lgan muammoni (onkologik kasalliklarni davolash va profilaktikasi) hal qilish uchun 15 ta yangi soliq turlarini “ixtiro qilishdan” boshqa g‘oya topa olmadi. Aqlbovar qilmaydigan ishlar!

    Janob amaldorlar, aksariyatingiz islohotlarni yomon ko‘rishingizni, ularni obro‘sizlantirishga urinayotganingizni; “tanimasni siylamas”lik ortidan garchi, yurakda og‘riq bilan bo‘lsa-da shaxsiy va idora manfaati yo‘lida (va albatta “beshinchi kolonnaga hamda g‘arb imperialistlariga Vatanimizni tunashiga yo‘l qo‘ymaymiz!” shiori ostida) jamoatchilik manfaatlarini qurbon qilish; murakkab muammolarni hal qilish uchun miyani qotirib o‘tirmay va o‘z hayotini yengillatish maqsadida, ushbu vositalarni qo‘llash uchun jamiyat va iqtisodiyot to‘lashi mumkin bo‘lgan narxlarga e’tibor bermay oddiy, to‘pori, biroq biz uchun odatiy bo‘lgan uslublarni qo‘llash osonligini (nimanidir taqiqlash, kimgadir imtiyozlar berish, qo‘shimcha byurokratik protseduralarni yaratish, yangi soliqlarni joriy qilish) yaxshi tushunaman.

    Biroq o‘zlaringizning sa’y-harakatlaringiz bilan bir kun kelib odamlarning paymonasini to‘ldirishingizni va buning natijasi o‘laroq xalq qo‘zg‘olon ko‘tarishi mumkinligini nahotki tushunmasangiz? Shunday bo‘ladigan bo‘lsa, ahvolingiz juda og‘ir bo‘lib qolishi mumkin. Pirovardida, odam degan mahluqda qandaydir o‘z-o‘zini asrash, ehtiyot qilish instinkti ham bo‘lishi kerak-ku?! Nima ishlarni qilayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring!

    Yuliy Yusupov, iqtisodiy tahlilchi

    23.09.2019, 13:59   Izoh (0)   52663
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi turistlar ko‘p tashrif buyuradigan arxeologik yodgorliklarda hojatxonalar quriladi

    23.09.2019, 13:43

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohi va valiahdini tabrikladi

    23.09.2019, 13:12

    Toshkentda yetti yildan buyon farzand kutayotgan oilada uch egiz dunyoga keldi

    23.09.2019, 12:40

    Chimkentda o‘zbekistonlik talabalarning kaltaklanayotgani yuzasidan TIV bayonot berdi

    23.09.2019, 11:51

    Bekobodlik ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi (foto)

    23.09.2019, 11:38

    O‘zbekiston banklari dollarni 9500 so‘mdan sotishni boshladi

    23.09.2019, 11:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.