O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 21-sentabr kuni arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali.
Qarorga ko‘ra, ochiq osmon ostidagi muzeylarda va arxeologiya namoyishi obyektlarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida:
- tashrif buyuruvchilarga kirish chiptalari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sotiladi;
- milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdo shoxobchalari, shu jumladan, ularni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi;
- zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil etiladi.
Izoh (0)