Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Umida Mamadiyeva Respublika Perenatal markazida bir yo‘la uch chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Javdat va Umida Mamadiyevlar oilasi 7 yildan buyon farzand kutayotgan edi.
“Sabrning mevasi sifatida bir emas, 3 nafar farzand, ya’ni bir o‘g‘il va ikki qizaloq ota-ona bag‘rini to‘ldirdi”, — deyiladi xabarda.
Hozirda bolalarning ahvoli yaxshi, ona bolalar parvarishi bilan mashg‘ul. Ayni paytda chaqaloqlar ham, ona ham Sog‘liqni saqlash vazirligi nazorati ostida bo‘lib, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)