• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yadro urushi necha million kishining yostig‘ini quritadi? AQSh universitetlarini nega AQSh dushmanlari moliyalashtiradi? Jahon matbuoti

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Navbatdagi yadro urushi 90 million odamning yostig‘ini quritadi

    AQSh va Rossiya o‘rtasida yadro urushi boshlangudek bo‘lsa, urushning dastlabki kunida 34 million inson halok bo‘lishi haqida yozadi The Independent nashri Prinston universiteti olimlari olib borgan tadqiqot natijalariga asoslanib.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Rossiya va AQSh o‘rtasidagi urush davom etgudek bo‘lsa, 90 million odam halok bo‘lishi aytilmoqda. Bu kutilmalar Prinston universiteti olimlarining imitatsiyaviy model asosida olib borilgan tadqiqotlaridan kelib chiqqan holda ochiqlandi. Olimlar mazkur tadqiqotga AQSh va Rossiyaning yadro qurollaridan foydalanmaslik haqidagi bitimidan voz kechayotgani tufayli qo‘l urgan.

    Tadqiqot natijalari 90 million odam halok bo‘lishidan tashqari 57 million kishi turli darajada jarohatlanishi hamda yanada ko‘plab odamlar turli kasalliklarga chalinishini ko‘rsatadi.

    Dunyo xarobazorga aylanadi, Yevropaning yoqib yuborilishi NATO’ning ham urushga kirishiga olib keladi.

    Prinston universiteti olimlarining ta’kidlashicha, videoimitatsiya qurolli kuchlarning qo‘llanilishi, maqsadlar va holatlarning real voqeligiga asoslangan.

    The Independent nashri Prinston universiteti olimlariga agar urushni NATO boshlagudek bo‘lsa, buning ham oqibatlari modellashtirilganmi, degan so‘rov yubordi. Nashrda yozilishicha, izoh so‘rab AQSh mudofaa vazirligiga, Rossiya va Buyuk Britaniya elchixonalariga ham murojaat yuborilgan.

    Buyuk Britaniya mudofaa tadqiqotlari qirollik instituti ilmiy xodimi Sem Dudin izohiga ko‘ra, Prinston universiteti tomonidan modellashtirilgan ssenariyning yuz berish ehtimoli kam, chunki AQSh 1950-yildan beri Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga kirish siyosatidan voz kechgan, rasmiy Moskva ham NATO bilan urushga kirishishni istamaydi.

    “Modelni operativ nuqtai nazardan olib qarasak, Yevropadan integratsiyalashgan havodan mudofaa qilish tizimlari olib tashlangandek xulosaga kelinadi. Aslida bunday emas. Qurbonlar soni ham kam. Bundan tashqari, Fransiyaning yadro davlati ekani, Buyuk Britaniyaning Fasleyndagi atom suv osti kemalari nazardan qochirilgan”, – deb qo‘shimcha qiladi Sem Dudin.

    Shunday qilib, mazkur loyiha to‘liq emas. Buni Prinston olimlarining yadro urushiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirig‘i sifatida izohlash mumkin. Urushga yo‘l qo‘ymaslik esa har bir  jamiyat a’zosining vijdoniy burchidir.

    Zelenskiy oligarxlar imtihonidan o‘ta oladimi?

    Bloomberg nashrining yozishicha, ayni paytda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oldida saylanganidan beri eng muhim bo‘lgan, hal etilishi lozim bo‘lgan oligarxlar masalasidagi imtihon turibdi. Zelenskiy Ukrainada Putin Rossiyada bo‘lganidan-da mashhurroq. Hozir Ukrainada ham, xorijda ham Zelenskiyning obro‘si masalasi hal bo‘lyapti. Zelenskiy haqida gap ketar ekan, barcha kalavalarning uchi u prezident etib saylangunga qadar hajvchi sifatida shou olib borgan xususiy televideniye egasi Igor Kolomoyskiyga borib taqalmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kolomoyskiy prezident Poroshenko davrida boy bergan barcha boyliklarini qaytarib olish niyatida. Kolomoyskiyning qaytishi Zelenskiy uchun katta zarba bo‘ladi, chunki yosh prezident Ukrainaga yangi hayot berishni va’da qilgan.

    Kolomoyskiy rus-ukrain mojarosi paytida urush o‘choqlarida faoliyat yuritgan ko‘ngilli guruhlarni moliyalashtirib, rusparast ayirmachilar olg‘a siljishini to’xtatib qolgan va evaziga davlat aktivlaridan yanada ko‘prog‘ini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan edi. Poroshenko dastlab Kolomoyskiyning manfaatlarini ma’qullab, rozilik bergan bo‘lsa, keyinchalik oradan ola mushuk o‘tib, 2016-yilda sobiq prezident kiyevlik ukrainlarning aksari o‘z omonatlarini saqlaydigan Kolomoyskiyga tegishli “Privatbank”ni musodara qildi.

    Ukraina hukumati buning uchun 6 milliard dollardan ko‘proq mablag‘dan ayrildi. Ammo aksar xorijlik moliyaviy institutlar mazkur qadamni olqishladi. Ukraina milliy banki Kolomoyskiy 5,5 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirib yuborganini da’vo qilib chiqdi. Aybnoma AQShning Kroll tadqiqot kompaniyasi tomonidan olib borilgan surishtiruvda o‘z tasdig‘ini topdi.

    Kolomoyskiy (bir qator mamlakatlar fuqaroligiga ega) o‘z fuqarolarini xorijliklarga topshirib qo‘ymaydigan Isroilga bekindi. Isroilda turganida boyligini qaytarib olish maqsadida Ukraina hukumatiga qarshi da’volar boshladi. Poroshenko hokimiyat tepasida turgan kezlarda uning niyati amalga oshmas edi. Biroq Zelenskiy saylanishining oqibati o’laroq Kiyev sudi Kolomoyskiy foydasiga qaror chiqardi va oligarx 21-aprel sanasida Ukrainaga qaytib keldi.

    Bu orada bankni milliylashtirish tarafdori bo‘lgan Valeriya Gontareva bilan g‘alati hodisalar yuz bera boshladi. Gontareva iyul oyida Kolomoyskiydan tahdidlar bitilgan xatlar ola boshlagani va o‘zini himoya qilish maqsadida Londonda yashirinishga majbur bo‘lgani haqida bayonot berdi. Avgust oyida Gontarevani Londonda mashina urib yubordi va u kasalxonaga tushib qoldi. Dushnaba kuni esa Gontarevaning Kiyevdagi uyi yonib ketdi. Mazkur voqealarda ayol Kolomoyskiyni ayblayotgan bo‘lsa, milliarder bunda ishtirokiini rad etmoqda. Bu orada milliy bank Gontareva va islohotlar tarafdorlariga qarshi qaratilgan har qanday terrorni qoralab bayonot bilan chiqdi.

    Kolomoyskiy Ukrainaga qaytib kegach, Zelenskiy kabinetida iliq kutib olinadigan mehmonga aylangan. Mazkur voqealarni kuzatib borra ekan, The Financial Times nashri seshanba kuni Zelenskiy “Privatbank” masalasida Kolomoyskiy bilan kelishuv imzoladi deb xabar tarqatdi.

    Bu Zelenskiy obro‘siga jiddiy xavf solmoqda. Hozircha yangi prezidentga omad kulib boqmoqda. Bug‘doyning yuqori hosili Ukraina iqtisodiyotini yuksaltirmoqda, Yevropa Ittifoqi sudining qarori tufayli uning Rossiya bilan energetika masalasidagi ishlari, Moskva bilan asirlarni ayiraboshlash va sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyati oshgani uning obro‘ini oshirdi.

    Zelenskiy erishgan yutuqlari soyasida Kolomoyskiy masalasi qolib ketadi deb o‘ylayotgan bo‘lsa, bu xato fikr bo‘ladi. Agarda Zelenskiy Kolomoyskiy bilan kelishuvga erishgudek bo‘lsa, butun ukrainaliklar va xorijliklar oldida obro‘sini to‘kkan va uning ish dasturi ham oldingi prezidentlarnikidan farq qilmasligini isbotlagan bo‘ladi.

    Zelenskiy, o‘z navbatida, Kolomoyskiy masalasida ehtiyotkorroq bo‘lishi, Gontareva ishi adolatli hal etilishiga erishishi kerak. Aksincha bo‘lsa, Zelenskiy ham oldingi prezidentlar kabi keti toza bo‘lmagan davlat rahbari sifatida nom chiqarishi hech gap emas.

    AQSh universitetlarini AQShga adovati bor mamlakatlar moliyalayaptimi?

    AQShda nashr etiladigan Breitbart nashri o‘zining shov-shuvli video loyihalari bilan tanilgan “Klerion loyihasi” ma’ruzasini chop etdi. Ma’ruzada “Klerion loyihasi” tomonidan tadqiq etilgan Amerika universitetlarining xorij mablag‘i hisobiga moliyalanishini ochiqlaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh maorif tizimiga ulkan mablag‘ o‘tkazib kelayotgan davlatlar ro‘yxatining yuqorisida Qatar turibdi. Qatar terrorchilikka qarshi kurashib kelayotgan mamlakat sanalsa-da, uning hukumati o‘z hududidan terrorchi tashkilot homiylari va tarafdorlariga boshpana berib keladi. Qatar AQShning 28 universitetiga ulkan mablag‘ – 1,4 milliard dollar o‘tkazgan. Lekin mazkur miqdor ochiqlangan mablag‘ning barchasi emas (ochiqlanmaganlari qancha bo‘lishi mumkin?). “Klerion loyihasi” direktori Rayan Mauroning aytishicha, oshkor etilgan mablag‘ aysbergning bir uchinigina ko‘rsatadi. Misol uchun, Eron rejimiga qarashli bo‘lgan Alaviy fondi Amerika universitetlariga mablag‘ o‘tkazib kelgan. Mazkur fond AQShda joylashgan bo‘lsa-da, uning Erondan kelayotgan pul mablag‘i bor va bu tashkilot krimida qayd etilmagan.

    Rayan Mauroning fikricha, “Birodar musulmonlar” tashkiloti bilan bog‘liq ayrim terrorchi tashkilotlar o‘tkazayotgan mablag‘ ham hisobga olinmagan.

    “Klerion loyihasi” AQSh universitetlariga eng ko‘p mablag‘ ajratgan davlatlar ro‘yxatini keltiradi. Ro‘yxatda Qatardan keyingi o‘rinda Xitoy (87 oliy ta’lim muassasasiga 680 million dollar), Saudiya Arabistoni (63 universitetga 649,9 million dollar), BAA (32 universitetga 230,9 million dollar), Rossiya (13 universitetga 99 million dollar), Kuvayt (14 universitetga 65,7 million dollar), Iroq (to‘rt universitetga 44 million dollar), Turkiya (15 universitetga 37,7 million dollar), Livan (5,7 million dollar), Pokiston (besh universitetga 4,8 million dollar), Venesuela (ikki universitetga 3 million dollar), Suriya (Jon Xopkins va Garvard universitetiga 1 million dollar) turibdi. Bu o‘tkazmalarning barchasi 2017-yildan keyin amalga oshirilgan.

    Rayan Mauroning fikricha, o‘tkazmalar AQSh milliy xavfsizligiga jiddiy tadidi bo‘lishi mumkin. Masalan, Xitoy hukumati universitetlarga moliyaviy mablag‘ berar ekan, universitetlarda konfutsiylik muassasalarini tuzishni ko‘zlaydi. Bu esa universitet talabalarining ongini shakllantirib, mafkuraviy urush olib borishga tayyorlaydi. Natijada ular kelajakda Xitoy siyosatini dastaklay boshlaydi.

    Boshqa raqib davlatlar haqida gap ketganda ham shuni aytish mumkin. Chet mafkurasi ta’siriga tushganlar ularning fikrlarini quvvatlaydi, tadbirlar uyushtiradi, o‘z fikrlarini gazeta va jurnallarda chop etadi.

    Postsovet respublikalaridagi demokratik harakatlarga AQSh qanday yordam bera oladi?

    Sobiq Sho‘ro respublikalarida demokratik kuchlarning faoliyati kengayib bormoqda. 1991-yildan beri siyosiy tizimini qayta qurayotgan Gruziya va Ukraina demokratik tamoyillarni barpo etishda ancha muvaffaqiyatlarga erishdi, Armanistondagi xalq harakati islohotlar amalga oshirilishiga kuch bergan bo‘lsa, Moldovada hukumat demokratik islohotlarni izchil davom ettirmoqda, deb yozadi AQShda chop etiladigan The National Interest nashri. Ammo, maqola muallifining fikricha, bu mamlakatlar demokratik islohotlarni G‘arb yordamida amalga oshirsa, yanada yaxshiroq natijalarga erishishi mumkin edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Politsiya qarshiligiga qaramay, Moskvada muntazam sodir bo‘layotgan norozilik namoyishlari va 8-sentabrda Moskva shahar dumasiga o‘tkazilgan saylovda kremlparast hukmron partiya mag‘lubiyati postsovet tizimlarining ayrimlarida avtoritar boshqaruv tizimining o‘zini oqlamasligini ko‘rsatmoqda.

    Rossiyada so‘nggi paytlarda hayratlanarli hodisalar yuz berdi. Aholi daromadining pasayishi, xalqchil bo‘lmagan pensiya islohoti va ikki harbiy avariya (Severodvinskdagi portlash hamda Uraldagi “Mayak” zavodida radioaktiv moddalar tarqab ketishi) oqibatida Moskvada so‘nggi yetti yilda kuzatilgan eng ommaviy norozilik namoyishlari yuz bermoqda. Putinning mamlakatdagi obro‘si kun sayin tushib bormoqda.

    Demokratik intilishlar boshqa postsovet mamlakatlarida ham kuchayib bormoqda.

    Ukrainada demokratik saylov natijasida Vladimir Zelenskiy hokimiyat tepasiga keldi. Iyun oyidagi saylovda Zelenskiyning “Sluga naroda” (Xalq xizmatkori) partiyasi mustaqillikdan keyin kuzatilmagan shaklda yakka o‘zi g‘alaba qozondi. Zelenskiy jamoasi qonun ustuvorligi va iqtisodiyoting sog‘lomligi uchun allaqachon hal etilishi kerak bo‘lgan islohotlarni boshlab yuborgan. Deputatlar daxlsizligi bekor qilindi. Zelenskiy o‘z oldiga qo‘ygan vazifalardan biri o‘laroq zarariga ishlayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirmoqda va qishloq xo‘jaligi yerlari bozorini yaratmoqda.

    Boltiqbo‘yi respublikalari – Latviya, Litva va Estoniya katta muvaffiqiyatlarga erishib, Yevropa Ittifoqi va NATO alyansiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

    Moldovada sobiq kommunistik partiya va Yevropaga xayrixoh kuclar koalitsiyaga kirgani hayratlanarli. Ular mamlakatda korrupsiya balosini yo‘qotish uchun birlashdi. AQSh va Yevropa Ittifoqi yangi hukumatni dastaklamoqda. Qizig‘i, rasmiy Kreml ham yangi hukumatga xayrixoh.

    G‘arb bu davlatlarni qo‘llab-quvvatlar ekan, ular demokratik islohotlar borasida yanada ko‘proq yutuqlarga erishishi mumkin. Quvonarlisi, u mamlakatlarda avtoritar hokimiyat boshqaruvi obro‘sizlanib bo‘ldi.

    Osiyo mintaqasidagi postsovet mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlarga u mamlakatlardagi islohotlar ijobiy ta’sir qilishini kutish mumkin. Ammo bu hozircha shubha ostida.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    21.09.2019, 15:50   Izoh (0)   69294
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha qo‘shin va havo hujumidan himoya vositalarini yuboradi

    21.09.2019, 15:21

    Iroqdagi portlash oqibatida 17 nafar odam qurbon bo‘ldi

    21.09.2019, 14:34

    Millionlab odamlar shvetsiyalik maktab o‘quvchisi o‘ylab topgan iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha norozilik aksiyasida qatnashdi (video)

    21.09.2019, 13:29

    Misr shaharlarida g‘alayonlar boshlandi. Namoyishchilar prezident Abdulfattoh as-Sisi iste’fosini talab qilmoqda

    21.09.2019, 13:13

    Tojikistonda sim-kartalarning uchinchi shaxsga berilishi uch yilgacha qamoq bilan jazolanishi mumkin

    21.09.2019, 11:44

    Green Card shartlariga o‘zgartirish kiritildi. Endi anketani to‘ldirishda xorijga chiqish pasporti raqamini ham kiritish kerak

    21.09.2019, 09:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.