• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Saloh Mertensga, Klopp esa Anchelottiga qarshi. “Napoli”—“Liverpul” to‘qnashuvi haqida

    Futbol muxlislari orziqib kutgan Yevropaning eng nufuzli musobaqasi — Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumi 17-sentabr, seshanba kuni start oladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Qur’a guruh bosqichidayoq bir nechta grand klublarni bir-biriga ro‘baro qilib qo‘ydi. Shu jumladan, eski tanishlar — “Napoli” hamda “Liverpul”ni ham. O‘tgan mavsumda ham ushbu klublar guruh bosqichida bir-biriga qarshi o‘ynagan edi. O‘shanda tomonlar o‘z maydonidagi o‘yinlarni bir xil hisobda o‘z foydasiga hal etgandi — 1:0. Guruh bosqichi so‘ngi turidan keyin ikkala klubda ham 9 ochko mavjud edi. Ammo “Liverpul” to‘plar nisbati evaziga pley-offga yo‘l olgandi. “Napoli” esa ishtirokini Yevropa Ligasida davom ettirishga majbur bo‘lgandi. Bu safar esa ikkala jamoa yana bir guruhda. Faqat PSJ hamda “Srvena Zvezda”siz. Ularning o‘rnini esa “Genk” hamda “Zalsburg” klublari bildirmaslikka harakat qilib ko‘radi. Xo‘sh, jamoalar ushbu bellashuvga qanchalik tayyor? Uchrashuv atrofida nimalar yuz bermoqda? Quyida shu kabi savollarga javob izlab ko‘ramiz.

    “Liverpul”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    “Liverpul” — Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi. Mersisayd klubi o‘tgan yili “Napoli”ga qarshi so‘nggi tur bahsida Alissoning ikkinchi bo‘lim oxirlaridagi qoyilmaqom seyvi tufayli guruhdan chiqishni uddalagan edi. Bu safar Alisson “qizillar”ga yordam bera olmaydi. Ammo Yurgen Kloppa jamoasining kayfiyati a’lo darajada. “Liverpul” Premyer Ligada 5 ta turdan so‘ng 15 ochko jamg‘argan holda yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Klubning hujum triosi Saloh—Mane—Firmino o‘z ishini allaqachon boshlab yuborgan. Van Deyk boshchiligidagi himoya qo‘rg‘oni esa o‘tgan mavsumdagidek ishonchli harakat qilmoqda. Veynaldum hamda Fabinyo tandemi esa o‘ziga yuklatilgan vazifani a’lo darajada uddalamoqda. Ularga jamoa sardori Jordan Henderson ko‘makchi bo‘lib turibdi. Hammasidan ham “Liverpul”ning mavsumni a’lo darajada boshlagani “Napoli”ga katta qiyinchilik tug‘dirishi kutilayotgan holat, nazarimizda. Safarda o‘ynashiga qaramay Klopp shogirdlarini ushbu uchrashuvning favoriti sifatida e’tirof etsa bo‘ladi. Hattoki, bu holatga “qizillar”ning o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi barcha safar o‘yinlarini mag‘lubiyat bilan yakunlagani ham ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylash fikridan yiroqmiz.

    “Napoli”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Karlo Anchelotti jamoasi “Liverpul”dan farqli o‘laroq mavsum startini barqaror o‘tkaza olayotgani yo‘q. A Seriyaning ilk turida “Fiorentina” ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozongan “Napoli” 2-turda esa “Yuventus”ga xuddi shu tarzda mag‘lub bo‘ldi. 3-turda esa “Sampdoriya” mag‘lub etildi — 2:0. Markaziy himoya chizigi‘ uchun “Roma”dan olib kelingan Kostas Manolas hozircha haddan tashqari maqtab yuborilayotgan (klub prezidenti tomonidan) Kalidu Kulibali bilan bir-birini to‘liq tushunib olmaganini shu ikkala o‘yinoq tasdiqlab turibdi. Bu borada Karlo otaning oldida hali qilinadigan ishlar ko‘pligi oydinlashadi. Muxlislar klub yarim himoya va hujum chizig‘idan esa unchalik xavotir olmasa ham bo‘laveradi. Boisi Kalyexon—Mertens—Insinye triosiga endi meksikalik Irving Losano ham qo‘shildi. Hatto Losano “Yuventus”ga qarshi zaxiradan maydonga tushiboq gol urdi. Marek Hamshik klubni tark etgach, uning o‘rnini Pyotr Zelinski hamda Allan bildirmaslikka harakat qilmoqda. Ularga yordamchi sifatida esa yozgi transferlar vaqtida Elif Elmas olib kelindi. Umuman olganda, “Napoli”ni o‘z maydonida o‘ynashi hisobga olinsa, “Liverpul”ni oldinda oson bo‘lmagan bahs kutib turganini ta’kidlash lozim.

    Murabbiylar fikri

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Ular bizga qarshi ikki o‘yindan so‘ng musobaqani tark etishiga to‘g‘ri keldi. Shunday ekan, ular bizga qarshi qattiq tayyorgarlik ko‘rgan. “Napoli” chindan ham kuchli jamoa. Bu biz uchun oson o‘yin bo‘lmaydi. Neapolda yaxshi natijaga erishishimiz uchun yetarli darajada kuchli o‘yin ko‘rsatishimiz lozim. Aynan shu narsagina meni xavotirga solmoqdaYurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi

    Foto: FotMob

    Foto: FotMob
    Bizning maqsadimiz — guruhdan chiqish. Yevropaning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynaymiz. Bu biz uchun muhim tekshiruv bo‘ladi. “Liverpul” katta o‘sishga erishdi. O‘tgan mavsum jamoaga ishonch taqdim etdi. Ammo “Napoli” ham tarkibni kuchaytirib oldi. Jamoam qanday himoyalanish va hujum qilish kerak ekanligini yaxshi biladi. “Napoli” o‘z o‘yinini ko‘rsatishi kerak.

    Karlo Anchelotti, “Napoli” bosh murabbiyi

    Qiziqarli faktlar

    • “Napoli” Yevrokuboklar doirasida biror marta ingliz klublariga o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmagan
    • “Napoli”ning bu boradagi ko‘rsatkichi: 5 ta g‘alaba, 1 ta durang
    • “Liverpul” va “Napoli” rasmiy o‘yinlarda atigi 4 marta to‘qnash kelgan
    • “Napoli” rasmiy o‘yinlarda “Liverpul”ni atigi 1 marta mag‘lub etgan (o‘tgan mavsum)
    • “Liverpul” esa “Napoli” ustidan ikki marta g‘alaba qozongan.
    • Tomonlar o‘rtasidagi bitta bahs durang bilan yakun topgan

    Taxminiy tarkiblar

    “Napoli”: Meret — Di Lorenso, Manolas, Kulibali, Ruy — Allan, Zilinski, Ruis — Kalyexon, Insinye — Mertens

    O‘ynamaydi: Arkadiush Milik, Alsaid Hyusay

    “Liverpul”: Adrian — Robertson, van Deyk, Matip, Aleksander-Arnold — Fabinyo, Henderson, Veynaldum — Saloh, Firmino, Mane

    O‘ynamaydi: Alisson, Nataniel Klayn

    17.09.2019, 17:42   Izoh (0)   16846
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston futbol bo‘yicha U-19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

    17.09.2019, 16:38

    O‘zbekistonlik ikki nafar kurashchi Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

    17.09.2019, 15:04

    To‘xtamayotgan “Liverpul”, uyg‘ongan “Chelsi” va “Tottenhem”, “kanareykalar”dan tarsaki yegan “Man Siti”. APLda tur tafsilotlari

    17.09.2019, 14:34

    Boks bo‘yicha JCh—2019. Bugun oltita o‘zbekistonlik bokschi chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi

    17.09.2019, 11:35

    Peshqadamni yenga olmagan “Bavariya”, “Borussiya D”ning “Barselona” bilan o‘yin oldidan gollar shousi. Bundesligada tur tafsilotlari

    17.09.2019, 11:10

    Azarning Madriddagi debyuti, “Atletiko”ni to‘xtatgan “Real” futbolchisi va Messining o‘rinini bildirmagan 16 yoshli futbolchi. La Ligada tur tafsilotlari

    16.09.2019, 23:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir guruh yigitlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:00

    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 28 iyun, 19:30

    “Rossiya Ukrainaning strategik shahri yaqinida 110 ming askar to‘pladi” — Kiyev

    Dunyo | 28 iyun, 19:55

    Bobir Abdiholiqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    Sport | 28 iyun, 19:46

    Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 19:40

    Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytadimi? Anchelotti javob berdi

    Sport | 28 iyun, 19:28

    Surxondaryodagi metan zapravkada Nexia-2 portlab ketdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 19:20

    Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:55

    “Kanada bilan savdo muzokaralari to‘xtatiladi” — Tramp (video)

    Dunyo | 28 iyun, 18:35

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslar qachondan tiklanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.